Samsung RB36T674FEL [179/216] Qadam bo shliq faqat tegishli modellarda

Samsung RB36T674FEL [179/216] Qadam bo shliq faqat tegishli modellarda
O'zbek 35
O‘rnatish
2-qadam Bo'shliq (faqat tegishli modellarda)
1. Eshikni oching va taqdim qilingan ajratgichni
(Kulrang blok) joylashtiring.
2. Ajratgichni qadoqdan chiqaring va
ko‘rsatilgandek muzlatgich orqasiga
joylashtiring. Ular orqa devorda havo
aylanishiga va quvvat iste’molini tejashga
yordam beradi.
3-qadam Pol
Muzlatgich o‘rnatiladigan yuza to‘liq
yuklangan muzlatgichni ko‘tarishga
mo‘ljallangan bo‘lishi shart.
Polni himoyalash maqsadida, muzlatgichning
har bir oyog'i ostiga katta karton qog'ozi
qo'yib chiqing.
Muzlatgich o'zining doimiy turadigan joyiga
joylashtirilgandan so'ng, polni chizib olmaslik
maqsadida, uni keraksiz harakatlantirmang.
Agar kerak bo'lsa, surish paytida ostiga qalin
qog'oz yoki eski gilamcha to'shang.
4-qadam Tekislash oyoqchalarini rostlash
DIQQAT
Muzlatgich tekis, qattiq polda tik o‘rnatilishi kerak. Aks holda, muzlatgichga zarar yetishi yoki tan
jarohati olishingiz mumkin.
Tekis joylashtirayotganda, muzlatgich bo‘sh bo‘lishi kerak. Muzlatgich ichida oziq-ovqat
mahsulotlari qolmagan bo‘lsin.
Xavfsizlik nuqtai nazardian, muzlatgichning old tarani orqa taraga nisbatan bir oz balandroq
qiling.
Muzlatgichning old oyoqlaridan foydalanib tekislang, ularda maxsus burama (tekislagich) mavjud.
Tekislash uchun minusli buragich ishlating.
Untitled-6 35 2020-08-19  11:12:30

Содержание

Похожие устройства