Haier CEF537AGG [24/28] Nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish

Haier CEF537AGG [24/28] Nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish
UZ
24
Servis markazga murojaat qilishdan avval nosozliklarni aniqlash va bartaraf qilish jadvali bilan tanishib chiqing. Bu sizning vaqtingizni qanday
boʻlsa, pulingizni ham xuddi shunday tejashga yordam beradi. Jadval umumiy muammolarga ega, bajarilish sifati yoki muzlatgich materialidagi
nuqsonlar bilan chaqirilgan muammolardan tashqari.
Muammo Sabab Hal etish
Muzlatgichning ishi
Kompressor ishlamayapti
Sovutkich muzdan tushirish
siklida ishlamoqda.
Sovutkich elektr ta’minot
tarmogʻiga ulanmagan.
Sovutkich OʻCHIRILGAN.
Avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimidagi sovutkich uchun bu
me’yoriy holat.
Elektr vilkasi rozetkaga mustahkam ravishda kiritilganligiga ishonch
hosil qiling.
Sovutkichni qayta ishga tushirish uchun «Elektr ta’minot» tugmasini
bosing va 3 soniya yoki undan ortiqroq vaqt davomida ushlab turing yoki
dastakni OʻCHIRILGAN holatidan haroratni tanlash holatiga oʻtkazing.
Sovutkich sovutish
jarayonini tez-tez ishga
tushiryapti yoki uzoq
vaqt davomida ishlayapti
Tashqaridagi yoki ichkaridagi
harorat oʻta baland.
Sovutkich elektr tarmogʻidan
uzoq muddatga uzib qoʻyilgan.
Eshikcha tez-tez ochilmoqda
yoki uzoq vaqt davomida ochiq
qoldirilmoqda.
Sovutkich / muzlatkich
eshikchasi zich yopilmayapti.
Muzlatkich kamerasi harorati
juda past darajaga oʻrnatilgan.
Sovutkich/muzlatkich
eshikchasining zichlashtirgichi
ifloslangan, yedirilib ketgan,
yorilgan yoki mos emas.
Bu holda sovutkichning uzoqroq vaqt ishlashi me’yoriy holat
hisoblanadi.
Sovutkich toʻliq sovushi uchun odatda 8 – 12 soat ketadi.
Iliq havo sovutkichga kirib keladi va uni tez-tez ishlashiga majbur
qiladi. Eshikchani tez-tez ochmang.
Sovutkich tekich yuzada joylashganligiga hamda hyech qanday
mahsulotlar yoki idishlar eshikchaga tegib turmayotganligiga ishonch hosil
qiling. «Ogohlantirishlar» boʻlimidagi «Eshikcha/yashikni ochish/yopish»
mavzusini koʻring.
Sovutkichda qoniqarli harorat oʻrnatilgunga qadar balandroq harorat
darajasini oʻrnating. Sovutkich haroratining moʻ’tadillashishiga 24 soat
vaqt ketadi.
Eshikcha zichlashtirgichini tozalang yoki almashtiring. Eshik
zichlashtirgichidagi germetiklikning yoʻqotilishi sovutkichdagi zarur
haroratni ushlab turish uchun uning uzoqroq vaqt davomida ishlashiga
olib keladi.
Haddan tashqari yuqori harorat
Sovutkich/muzlatkich
boʻlmasida haddan
tashqari baland harorat
Sovutkich eshikchasi tez-tez
ochiladi yoki haddan ortiq uzoq vaqt
davomida ochiq holatda qoladi.
Haddan ortiq yuqori
harorat oʻrnatilgan.
Eshikcha zich yopilmayapti.
Sovutkich eshigi har gal ochilganda uning ichiga issiq havo kiradi.
Eshikchani imkon qadar kamroq ochishga harakat qiling.
Haroratni qayta sozlang.
«Ogohlantirishlar» boʻlimidagi «Eshikcha/yashikni ochish/yopish»
mavzusini koʻring.
Muzlatkichdagi harorat
juda baland, lekin bu
vaqtda sovutkichdagi
harorat me’yorda
Muzlatkichda juda yuqori harorat
oʻrnatilgan.
Muzlatkich haroratini pastroq darajaga oʻrnating. Sovutkich
haroratining moʻ’tadillashishiga 24 soat vaqt ketadi.
Sovutkichning tashqi yuzasidagi suv/namlik/qirov
Sovutkichning tashqi
yuzasida yoki ikkita
eshikcha orasida
namlik yigʻilishi
Nam iqlim.
Sovutich eshikchasi zich
yopilmagan. Bu holat sovutkichdagi
sovuq havoning hamda tashqaridagi
iliq havoning kondensatsiyasiga olib
keladi.
Nam iqlim sharoitida bu me’yoriy holat hisoblanadi. Namlik yigʻilishi
namgarchilik kamaygan sari yoʻqoladi.
«Ogohlantirishlar» boʻlimidagi «Eshikcha/yashikni ochish/yopish»
mavzusini koʻring.
XIZMAT KOʻRSATISH
Tozalayotganda sovuq shishashi tokchalarni iliq suv bilan yuvmang. Aks holda shisha haroratning keskin oʻzgarishi natijasida yorilishi va
tan jarohati yetishiga yoki mulkning yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin.
Elektr tarmogʻi uzilishi boʻyicha choralar
Hattoki yozda ham elektr ta’minoti uzilgandan soʻng sovutkichdagi mahsulotlar bir necha soat davomida saqlab turilishi mumkin. Agar
elektr quvvatida uzilish roʻy bersa, uzilish davomiyligi haqida soʻrash uchun elektroenergiya kompaniyasiga qoʻngʻiroq qiling. Elektr ta’minoti
oʻchirilganda sovutkichga qoʻshimcha mahsulotlarni qoʻymang va imkon qadar sovutkich eshigini kamroq ochishga harakat qiling. Agar elektr
ta’minoti oʻchirilishi toʻgʻrisida avvaldan xabar berilgan boʻlsa va oʻchirish 24 soatdan ortiq davom etadigan boʻlsa, oldindan biroz miqdorda muz
tayyorlab oling va uni konteynerga solib, muzlatkichning yuqorigi boʻlmasiga joylashtirib qoʻying.
Elektr ta’minoti oʻchirilgandan keyin yoki boshqa nosozliklar holatida sovutkichda harorat oshgan sari, mahsulotlarni saqlash muddati va
yeyishga yaroqlilik muddati qisqarib boradi.
Barcha mahsulotlarni olib tashlang
Agar sovutkichdan uzoq vaqt davomida foydalanilmaydigan boʻlsa, uni elektr tarmogʻidan uzib qoʻying va yuqorida bayon etilgan uslub bilan
tozalang. Sovutkichda qolgan mahsulotlardan noxush hid paydo boʻlishini oldini olish maqsadida sovutkich eshigini ochiq qoldiring.
Sovutkich belgilangan muddat ishlab berishini ta’minlash uchun, zaruriyat tugʻilmaguncha sovutkichni oʻchirmaslik tavsiya etiladi.
Dam olishga chiqish yoki ta’tilga ketishdan oldin
Uzoq davom etadigan ta’tilga ketayotganda elektr ta’minotini uzib qoʻying. Barcha mahsulotlarni chiqarib tashlang va barcha qirov erib
ketguncha kuting. Shundan soʻng sovutkichning ichki qismini tozalang va quriting, sovutkichda qolgan mahsulotlardan noxush hid paydo
boʻlishini oldini olish maqsadida sovutkich eshigini ochiq qoldiring.
Sovutkichni joydan-joyga koʻchirish
Sovutkichni elektr tarmogʻida uzing. Barcha mahsulotlarni chiqaring. Tokchalarni va meva-sabzavot uchun konteynerni, shuningdek boshqa
harkatlanuvchi qismlarni muzlatkich ichiga yopishqoq lenta yordamida mahkamlab oʻrnating. Sovutkich eshigini yoping va uni yopishqoq lenta
yordamida mahkamlang. Sovutish tizimiga zarar yetkazmaslik uchun uni 45 gradusdan ortiq burchakka ogʻdirmang. Mulkka zarar yetishini
hamda tan jarohati yetishini oldini olish maqsadida sovutkichni eshigidagi dastasidan tutgan xolda harakatlantirmang.
NOSOZLIKLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH

Содержание