Samsung MS23T5018AC Инструкция по эксплуатации онлайн [51/64] 582335

Samsung MS23T5018AC Инструкция по эксплуатации онлайн [51/64] 582335
O'zbek 3
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
to‘shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan
idishlardan foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish
xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun
mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar,
shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish,
uchqun chiqishi yoki yong'in xavfining vujudga kelishiga olib
kelishi mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash
kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish
uchun eshikchani ochib qo'ying.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab,
otilib ketishi mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot
bo'lish lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun
bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda
kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini
tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda
isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan
keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishi mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom
qoldiqlarini olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib
kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxta ustida yoki alohida foydalanish
uchun mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak.
Mikroto‘lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni metall
idishlarga solish mumkin emas.
Jihoz ichidan idishlarni olayotganda aylanuvchi patnis siljib
ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
MS23T5018AK_BW_DE68-00000A-00_UZ.indd 3 2020-01-22  3:48:01

Содержание

Похожие устройства