Samsung MS23T5018AC [58/64] Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi

Samsung MS23T5018AC [58/64] Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
10 O'zbek
Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
Nosozliklarni bartaraf qilish va axborot kodi
Nosozliklarni bartaraf etish
Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan hal
qilishga harakat qiling.
Muammo Sababi Chora
Asosiy
Tugmalar tegishlicha
bosilmayapti.
Tugmalar orasiga yot jism kirib
qolishi mumkin.
Yot jismni olib tashlab, qayta urining.
Sensorli modellarda: Namlik
tashqi tomonida.
Namlikni artib tashlang.
Bolalardan qulflash ishga
tushgan.
Bolalardan qulflashni o‘chiring.
Vaqt ko‘rsatilmayapti. Eko (quvvat tejovchi) funksiya
qo‘yilgan.
Eko funksiyasini o‘chiring.
Pech ishlamayapti. Tok yo‘q. Tok borligiga ishonch hosil qiling.
Eshik ochiq. Eshikni yopib, qayta urining.
Eshikni ochadigan xavfsizlik
mexanizmlari yot jism bilan
yopilib qolgan.
Yot jismni olib tashlab, qayta urining.
Pech ishlab turganida
to‘xtaydi.
Foydalanuvchi taomni
ag‘darish uchun eshikni
ochgan.
Taomni ag‘dargach, ishlashni
boshlash uchun Start tugmasini yana
bosing.
Muammo Sababi Chora
Ishlab turganida o‘chib
qolyapti.
Pech uzoq vaqtdan beri
ishlayapti.
Uzoq vaqt pishirgandan so‘ng pech
sovishini kuting.
Sovitish ventilyatori
ishlamayapti.
Sovitish ventilyatori tovushiga quloq
tuting.
Pechni taomsiz ishlatishga
harakat qilinmoqda.
Pechga taom qo‘ying.
Pech uchun havo aylanishiga
yetarli bo‘shliq yo‘q.
Pechning oldi va orqasida
ventilyatsiya uchun havo tortadigan
va chiqaradigan tuynuklar mavjud.
Qurilmani o‘rnatish yo‘riqnomasida
ko‘rsatilgan oraliqlarni saqlang.
Bitta rozetkaga birnechta vilka
tiqilgan.
Pech uchun alohida rozetka ishlating.
Ishlatganda
paqillayapti, pech
ishlamayapti.
Germetik yoki qopqoqli idishda
taom pishirganda paqillash
tovushi chiqishi mumkin.
Germetik idishlarni ishlatmang,
chunki ularning ichidagisi pishirish
paytida kengayib, yorilishi mumkin.
Ishlash paytida pech
tashqi tomoni qizib
ketyapti.
Pech uchun havo aylanishiga
yetarli bo‘shliq yo‘q.
Pechning oldi va orqasida
ventilyatsiya uchun havo tortadigan
va chiqaradigan tuynuklar mavjud.
Qurilmani o‘rnatish yo‘riqnomasida
ko‘rsatilgan oraliqlarni saqlang.
Pech ustiga buyum qo‘yilgan. Pech ustidan hamma narsani olib
tashlang.
Eshikni tegishlicha
ochib bo‘lmayapti.
Eshik bilan pech ichi orasida
ovqat qoldig‘i tiqilib qolgan.
Pechni tozalang, keyin eshikni oching.
MS23T5018AK_BW_DE68-00000A-00_UZ.indd 10 2020-01-22  3:48:01

Содержание

Похожие устройства