Samsung NV68R1310BS [90/112] Ushbu mashinani to g ri chiqitga chiqarish ishlatilgan elektr va elektronika jihozi

Samsung NV68R1310BS [90/112] Ushbu mashinani to g ri chiqitga chiqarish ishlatilgan elektr va elektronika jihozi
6 O'zbek
O‘rnatish
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va
elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan
mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka
ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan,
zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab
bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda
chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga
yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan
elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan
ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga
ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish
uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi
to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan
chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari
kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari
bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan
tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini
tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga
chiqarmaslik kerak.
Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
Qurilma ishlayotganida muayyan vaqt ichida foydalanuvchi tegmasa, qurilma ishlashdan to‘xtaydi
va Kutish holatiga o‘tadi.
O‘rnatish
OGOHLANTIRISH
Bu pech malakali mutaxassis tomonidan o‘rnatilishi shart. O'rnatuvchi pechni asosiy elektr
tarmog'iga xavfsizlik bo'yicha tegishli hududiy tartiblarga amal qilgan holda ulash uchun
javobgardir.
To‘plamda nimalar bor
Mahsulot o‘ramida barcha qism va anjomlar borligiga amin bo‘ling. Pech yoki anjomlar bilan
muammoga duch kelsangiz, Samsung mijozlar bilan ishlash mahalliy markazi yoki sotuvchiga
murojaat qiling.
Bir qarashda
01
02
03
01 Boshqaruv paneli 02 Eshik tutqichi 03 Eshik
NV68R1310BB_WT_DG68-00765C-00_UZ.indd 6 2019-12-04  3:39:51

Содержание

Похожие устройства