Samsung RL-52 TEBSL [157/160] Nosozliklarni bartaraf qilish

Samsung RL-52 TEBSL [157/160] Nosozliklarni bartaraf qilish
nosozliklarni bartaraf qilish _25
03 NOSOZLIKLARNI BARTARAF QILISH
nosozliklarni bartaraf qilish
MUAMMO YECHIM
Sovutgich umuman
ishlamayapti yoki
harorat juda baland.
Elektr manbasiga ulash kabeli vilkasi to'g'ri ulanganini tekshiring.
Old panelda haroratni boshqarish to'g'ri o'rnatilganmi?
Sovutgichga quyosh nuri tushib turibdimi yoki yaqin atrofda birorta isitish
manbasi mavjudmi?
Sovutgichning orqa paneli devorga juda yaqin joylashtirilmaganmi?
Sovutgichdagi mahsulot
muzlab qolgan.
Old panelda haroratni boshqarish eng sovuq haroratga o'rnatilganmi?
Atrofdagi harorat juda pastmi?
G'alati tovushlar
chiqyapti.
Sovutgichning qattiq va tekis pol yuzasiga o'rnatilganini tekshiring.
Sovutgichning orqa paneli devorga juda yaqin joylashtirilmaganmi?
Sovutgichning orqasiga yoki tagiga boshqa buyumlar tushib
ketmaganmi?
Shovqin Sovutgich kompressoridan kelyaptimi?
Turli aksessuarlar qisqarganda yoki kengayganda tiqillagan ovoz chiqadi.
Sovutgichning old
burchaklari va yon
tomonlarida iliq hamda
ularda suv tomchilari
hosil bo'la boshladi.
Suv tomchilari hosil bo'lishi oldini olish uchun qurilmaning old
burchaklariga issiqqa chidamli trubkalar o'rnatilgan.
Atrofdagi harorat ko'tarilishi bilan bu doim ham samara bermasligi
mumkin. Biroq bu odatdan tashqari hol emas.
Namlik juda baland bo'lgan ob-havo sharoitlarida havo tarkibidagi namlik
jihozning sovuq yuzasiga tekkanda Sovutgichning tashqi yuzasida suiv
tomchilari vujudga kelishi mumkin.
Qurilmadan
suyuqlikning qultillagan
tovushi eshitilishi
mumkin.
Bu Sovutgich ichini sovituvchi sovitish moddasidir.
Sovutgich ichidan
yomon hid kelyapti.
Sovutgich ichida aynigan oziq-ovqat mahsulotlari yo'qmi?
Kuchli hidga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, baliq)
germetik tarzda o'rab qo'yilganiga ishonch hosil qiling.
Sovutgichni muntazam tozalab turing va aynigan yoki aynigani shubha
qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib tashlang.
Sovutgich devorlarida
muz qatlami hosil bo'ldi.
Havo almashtirish tirqishlarini Sovutgichga joylashtirilgan mahsulotlar
to'sib qo'ymaganmi?
Havo almashishini yaxshilash uchun mahsulotlar orasida iloji boricha
ko'proq joy qoldiring.
Eshik zich yopilganmi?
Suv tomchilari
Sovutgichning ichki
devorlari va sabzavotlar
atrofida hosil bo'lyapti.
Tarkibida suv miqdori yuqori bo'lgan mahsulotlar o'ralmagan holda
namlik darajasi yuqoriligicha joylashtirilgan yoki eshik uzoq vaqt
davomida ochiq qoldirilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini o'ralgan yoki germetik idishlarga solingan
holda joylashtiring.
DA99-02116B-30.indb 25DA99-02116B-30.indb 25 2014. 8. 14.  11:552014. 8. 14.  11:55

Содержание