Indesit DSZ 4150.1 [31/40] Elektr energiyaisni tejash bo yicha tavsiyalar

Indesit DSZ 4150.1 [31/40] Elektr energiyaisni tejash bo yicha tavsiyalar
Muzlatkich bo’limidan foydalanish UZ
31
Muzlatish bo’limidagi havo darajasi termoregulyator
bandi yordamida o’rnatilgan darajaga mos ravishda
avtomatik tartibga solinadi.
Biz termoregulyatorni o’rta holatga o’rnatishni tavsiya
qilamiz.
Mahsulotlarning yaxshi saqlanishini ta’minlash
maqsadida quyida keltirilgan tavsiyalarga amal qiling:
noto’g’ri saqlangan holda eng yangi mahsulotlar ham tez
buzilib qoladi.
Muzlatish va muzlatkichda saqlash mo’ljallangan
mahsulotlar qirov hosil bo’lishini oldini olish maqsadida
yaxshilab qadoqlanishi kerak
Yangi mahsulotlar muzlatilganda avval muzlatilgan
mahsulotlarga tegib qolishiga yo’l qo’ymang. Imkon qadar,
muzlatish uchun bo‘linma ichiga qo‘yilgan mahsulotlar yon
va orqa vorlarga tеgmasligi kеrak. Mahsulotlarning
saqlanish muddati muzlatish tezligiga bog’liq ekanligini
unutmang.
Muzlatkich eshigini muzlatish vaqtida ochmaslikni
tavsiya qilamiz.
To‘g‘ri saqlash va kеlgusida muzdan eritishni
osonlashtirish maqsadida muzlatkichga mahsulotlarni
kichikroq hjmlarda joylashtiring- bu shuningdеk, tеz va
ishonchli muzlashga ham yordam bеradi. Muzlatish
sanasini yozib borishni tavsiya qilamiz.
Elеktr ta'minotida uzilishlar bo‘lganda yoki
tasodifan eriy boshlasa, muzlatkich o‘chirilganda,
muzlatkich eshiklarini ochmang bu muzlatkichdagi past
haroratni nisbatan uzoq muddat saqlab qolishga yordam
bеradi.
Qisman erigan mahsulotlarni yuqori temperaturada
qayta ishlanishi talab etiladigan taomlarga ishlating.
Pishirilgan mahsulotlar uzoq muddat saqlanadi,
degan fikrga qarshi o’laroq, ular yangi mahsulotdan kamroq
vaqt saqlanishini yodingizda tuting.
Muzlatkichga suyuqliklarni qopqoqsiz qo’ymang,
bu namlikning ortishi va temperaturaning ortishiga olib
keladi.
Muzlatish bo‘limiga muzlaydigan suyuqliklar bilan
to‘ldirilgan shisha idishlarni uzoq vaqtga joylashtirmang.
Suyuqlik kristallashib, idishni yemirishi mumkin.
Agar atrof muhit temperaturasi uzoq vaqt
davomida 14°Cdan oshmasa, mahsulotlarni saqlash uchun
zarur bo’lgan temperaturaga erishib bo’lmaydi, bu
mahsulotlar saqlanish muddatini kamaytiradi.
Elektr energiyaisni tejash bo’yicha tavsiyalar
Muzlatkichni to’g’ri o’rnating
Issiqlik manbalaridan uzoqda, yaxshi
shamollatiladigan xonada, «O’rnatish» Ventelyatsiya»)
paragrafida berilgan tavsiyalarga muvofiq holda.
Temperaturani to’g’ri o’rnating
Termoregulyatorni o’rtacha holatga o’rnating Juda
past temperaturani o’rnatish elektr energiyasi sarfini
oshiribgina qolmay, mahsulotlar saqlanish holatini ham
yaxshilamaydi.
To’ldirib yubormang
Mahsulotlar yaxshi saqlanishi uchun havo yetarli
darajada aylanishi kerak. Mahsulotlarni haddan tashqari
zich joylashtirish havoning erkin aylanishiga, muzlatkichning
to’g’ri ishlashiga to’sqinlik qiladi va elektr energiyasi sarfini
oshiradi.
Eshiklar yopiq tursin
Eshiklarni faqat zaruriyat bo‘lganda oching. Eshikni
faqat zarur bo’lgan holda oching, eshikni har bir ochilishi
muzlatkich ichida temperatura ko’tarilishiga olib keladi va
avvalgi temperaturani tiklash uchun qo’shimcha elektr
energiyasi sarflanadi.
Eshiklarni zich yoping
Muzlatkich eshigidagi zichlovchi rezina toza bo’lishi va
yopilganda korpusga yopishib turishiga e’tibor bering, bu
sovuq havo chiqib ketishining oldini oladi.
Issiq ovqatni qo’ymang
Muzlatkichga qo’yilgan issiq ovqat uning
temperaturasini bir necha gradusga oshiradi. Issiq ovqatni
muzlatkichga joylashdan avval xona temperaturasida
sovuting.
Mazkur uskuna maishiy va shunga monand
sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan:
Do‘konlarda, ofislar va boshqa ishlab chiqarish
sharoitlarida xodimlar uchun oshxona hududlarida;
Fеrmеrlik imoratlarida va mеhmonxona, motеl
mijozlari hamda turarjoy tipidagi boshqa infratuzilmalarda;
«Yashash va nonushta» tartibidagi pansionlarda
Umumiy ovqatlanish va shunga monand
sharoitlarda, savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan.

Содержание