Samsung DF60A8500EG [181/200] Ishlatish yo riqnomalari

Samsung DF60A8500EG [181/200] Ishlatish yo riqnomalari
O'zbek
O'zbek29
Ishlatish yo‘riqnomalari
Ishlatishdan oldin
Bu jihoz bilan buyumlarni tozalab bo‘lmaydi. Yaxshi natija uchun jihozni ishlatishdan oldin buyumlarni yuvib,
quriting.
Jihozni ishlatishdan oldin kuchli hidlangan yoki uzoq vaqt saqlangan buyumlarni yuvishni maslahat beramiz.
Buyumlarni hidining o‘tkirligiga qarab saralang.
Jihozni ishlatishdan oldin hamma kiyim yoki buyumlarning yorliqlariga qarang.
Kiyimlarni jihoz ichiga solishdan oldin barcha cho‘ntaklarini bo‘shating.
Jihozni shkaf sifatida ishlatmang.
Jihoz hayvonlar yungini ketkaza olmaydi.
Ishlatish mobaynida
Buyumlar jihozning tubiga tegib turmasin. Kerak bo‘lsa, buyumlar jihoz tubiga tegmasligi uchun javon ishlating.
Bug‘lantirish jarayonida vishillashi mumkin.
Agar siklni tugamasidan turib to‘xtatish kerak bo‘lsa, Сушка (Quritish) siklini ishlatishni unutmang.
Ishlash vaqti atrof-muhit va buyumlarning turiga bog‘liq.
Ketma-ket ishlatilsa, jihoz ishlash vaqtini aslidan boshqacha ko‘rsatishi mumkin.
Jihoz ishlab turganida eshigini ochmang.
Ishlatgandan keyin
G‘ijimlarning qanchalik tekislanishi mato turiga bog‘liq.
Sikl tugagan zahoti buyumlarni chiqarib oling. Agar buyumlarni darhol chiqarib olmasangiz, Отсрочка (Keyinroq
tugatish) yoki Поддержание свежести (Yangi saqlash) ishlating.
Buyumlarni olayotganda buyum bilan birga ilgakni ham ushlang.
Untitled-9 29 2021-07-19  12:12:58

Содержание

Скачать
Случайные обсуждения