Samsung RB36T774FWW/WT Инструкция по эксплуатации онлайн [183/216] 785810

Samsung RB36T774FWW/WT Инструкция по эксплуатации онлайн [183/216] 785810
O'zbek 39
Ishlatish amallari
Kerakli harorat yoki funksiyani o‘rnatish
1. Displeyni faol holatga keltirish uchun istalgan tugmani (<, O, yoki >)ni bosing.
- Ushbu odim ayrim modellarda ishlamasligi mumkin.
2. Sovutgich yoki muzxonani tanlash uchun O tugmasini bosing.
- Tanlangan bo‘lmaning indikatori miltillaydi.
- Darajani ko‘rsatuvchi Selsiy belgisi (°C) miltillamaydi.
3. Kerakli harorat yoki funksiyani tanlash uchun < yoki > tugmasini bosing.
- Har bir bo‘lma uchun mavjud tanlovni ko‘rish uchun jadvalga qarang.
Fridge
(Sovutgich)
Mavjud tanlov:
(Kuchli sovitish) 1 °C 2 °C 3 °C 4 °C 5 °C
6 °C 7 °C (Ta’til)
Kuchli sovitish rejimida ventilyator maksimal tezlikda aylanib, sovitish
jarayonini tezlashtiradi. Sovutgich ikki yarim soat davomida maksimal
tezlikda ishlaydi, keyin avvalgi haroratga qaytadi.
Agar siz ta‘tilga yoki ish bo‘yicha safarga ketsangiz, yoki sovutgichdan
uzoq muddat davomida foydalanmoqchi bo‘lmasangiz, Ta’til funksiyasidan
foydalaning. Sovutgich harorati 17 °C daraja ostida ushlanadi, muzxona esa
avvalgi o‘rnatilgan holatda qoladi.
Freezer
(Muzxona)
Mavjud tanlov:
(Kuchli muzlatish) -23 °C -22 °C -21 °C -20 °C
-19 °C -18 °C -17 °C -16 °C -15 °C
Kuchli muzlatish rejimida ventilyator maksimal tezlikda aylanib,
muzlatish jarayonini tezlashtiradi. Muzxona 50 soat davomida maksimal
tezlikda ishlaydi va keyin avvalgi haroratga qaytadi. Katta miqdordagi
oziq-ovqatni muzlatish uchun Kuchli muzlatish rejimini oziq-ovqatni
muzxonaga solishdan kamida 20 soat oldin yoqib qo‘yish lozim.
IZOH
Bu funksiyani ishlatganda energiya sar ortadi. Kerak bo‘lmaganida o‘chirib
qo‘ying va muzxonani avvalgi haroratiga qaytaring.
4. Tanlovingizni tasdiqlash uchun 5 soniya kuting
- Tanlangan bo‘lmaning indikatori miltillashdan to‘xtaydi.
IZOH
Kuchli sovitish yoki Kuchli muzlatish rejimidan foydalanilganda, quvvat iste‘moli oshadi.
Untitled-6 39 2020-08-19  11:12:31

Содержание

Похожие устройства

Скачать