Samsung VS20T7532T1/EV Инструкция по эксплуатации онлайн [100/128] 785952

Samsung VS20T7532T1/EV Инструкция по эксплуатации онлайн [100/128] 785952
TAYYORGARLIK
Bu talablarga rioya qilinmasa, changyutgich ichki qismlariga zarar yetishi va
kafolat yo‘qqa chiqishi mumkin.
Umumiy
Barcha yo‘l-yo‘riqlarni diqqat bilan o‘qing. Changyutkichni yoqishdan oldin,
sizdagi elektr ta’minoti kuchlanishining chagyutkich orqasidagi (batareya
kontakti tomonidagi) tasnif taxtachasida ko‘rsatilgan kuchlanishga mos
kelishiga amin bo‘ling.
OGOHLANTIRISH : Changyutkichni ho‘l to‘shama yoki pol ustida ishlatmang.
Har qanday jihoz bolalar tomonidan yoki bolalar yaqinida ishlatilganida,
nazorat ostida tutish zarur. Changyutkichni oyinchoq sifatida o‘ynashlariga
yo‘l qo‘ymang. Changyutgich hech qachon nazoratsiz holda ishlab turmasin.
Changyutkichdan faqat shu yo‘riqnomada keltirilgan maqsadlardagina
foydalaning.
Changyutkichni changqutisiz ishlatmang.
Yuqori samaradorlikda ishlashi uchun changquti to‘lmasidan oldin bo‘shatib
turing.
Changyutkichni gugurt donalari, cho‘g‘ yoki sigareta qoldiqlarini tortib olish
uchun ishlatmang. Changyutkichni plita va boshqa issiqlik manbalaridan
uzoqda tuting. Issiqlik natijasida jihozning plastik qismlarining shakli
o‘zgarishi va rangi o‘chishi mumkin.
Qattiq, o‘tkir narsalarni changyutgich bilan yig‘mang, ular changyutgich
qismlarini shikastlashi mumkin.
O‘zbek
4
4_VS7000_UZ_00837A-01_CIS.indd 4 2020-01-17 오전 6:17:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать