Samsung VS20T7532T1/EV Инструкция по эксплуатации онлайн [124/128] 785952

Samsung VS20T7532T1/EV Инструкция по эксплуатации онлайн [124/128] 785952
ILOVA
Changyutkichni uzoq vaqt ishlatmaydigan bo‘lsangiz yoki uzoq vaqtga uyda
bo‘lmaydigan bo‘lsangiz, devorga o‘rnatish kronshteynini quvvat manbasidan
ajrating va batareyani devorga o‘rnatish kronshteynidan chiqarib oling.
Batareya zaryadlanmaydigan yoki foydalanilmaydigan paytda undagi zaryad
miqdori asta-sekin kamaya boshlaydi.
Batareya quvvati past bo‘lsa, uni zaryadlang. Batareya quvvati uzoq muddat
past bo‘lib tursa, uning samaradorligi pasayishi mumkin.
Ho‘l cho‘tkaning ko‘p martalik ho‘l yostiqchasini sovun bilan ehtiyot bo‘lib
yuving.
Agar ho‘l yostiqcha issiqlik yoki yumshatgich ta’sirida qolib ketsa, shakli
o‘zgarib, jihoz samarasi pasayishi mumkin.
Ko‘p martalik ho‘l yostiqchani kir yuvish mashinasida yuvish mumkin.
Ammo qaynatilsa, yostiqcha shakli o‘zgarib, rangi o‘chishi va jihoz samarasi
pasayishi mumkin.
Ho‘l cho‘tka uchun original Samsung Electronics ho‘l yostiqchasini ishlating.
Agar ho‘l cho‘tkani ho‘l yostiqchasiz ishlatsangiz, jihozning nosozligini
kafolat qoplamaydi va ko‘rsatilgan servis uchun xizmat haqi olinadi.
Ho‘l yostiqcha uchun qo‘shimcha ko‘p martalik ho‘l yostiqcha sotib olsangiz,
Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
Qo‘shimcha bir martalik ho‘l yostiqcha sotib olsangiz, model nomi VCA-
SPA90 bo‘lsin.
DIQQAT
Cho‘tka ichidagi aylanuvchi cho‘tka (baraban) ishlayotganida cho‘tkaga
tegmang.
Aks holda qo‘lingiz ilinib qolib, jarohat yetishi mumkin.
Ho‘l cho‘tkani ishlatishdan oldin ho‘l yostiqchani chiqarib olib, ichiga ozgina
suv soling, keyin aylanuvchi diskka qayta o‘rnating.
Tirnalishi mumkin bo‘lgan narsalar (TV va monitor ekranlari va boshqalar)
uchun changyutkichni qo‘llanmang
O‘zbek
28
4_VS7000_UZ_00837A-01_CIS.indd 28 2020-01-17 오전 6:18:45

Содержание

Похожие устройства

Скачать