Artel WF60K060CW [20/48] Страница 20

Artel WF60F010AW [20/48] Foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma
19
FOYDALANISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA
Kir yuvish mashinasi pastki panelidagi dekorav qopqoqni tepa qismini ohista bosib
oching (1).
Kichkina drenaj shlangini chiqarib, uni uzunligi bo'yicha cho'zing.
Diqqat! Shlang qisilib yoki buklanib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Suvni chiqarib tashlash uchun istalgan hajmdagi idishdan foydalaning. Kichkina drenaj
shlangi qinini chiqarib (2) suvni to'liq oqizib yuboring.
So'ngra drenaj nasosi fil'trini oching(3).
Filtrni begona predmetlardan tozalang (3). Shundan so'ng filtrni joyiga qo'ying (3) va
mahkamlang.
Drenaj shlangi qinini yoping va uni oldingi holatga qaytaring (2).
Pastki paneldagi qopqoqni yoping.
Kir yuvish mashinasini qishda harorat 0°C dan past bo'lganda saqlash uchun uning ichidagi
suvni to'liq chiqarib tashlang.
Buning uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish kifoya:
1. Siqish sikli (ОТЖИМ dasturi) ni yoqing.
2. Siqish sikli tugagandan so'ng kir yuvish mashinasini ta'minotdan uzib qo'ying.
3. Suv keluvchi kranni yoping.
4. Suv keluvchi shlangni chiqarib tashlang.
5. Suv shlangida qolgan suvni to'kib yuborib, uni kanalizasiya zimidan uzib qo'ying.
6. Drenaj nasosi filtri orqali suvni chiqarib yuboring.
7. Mashinani qayta yoqishda atrofdagi harorat 0°C dan yuqori ekanligiga ishonch hosil qiling va
barcha shlanglarni yo'riqnomaga muvofiq o'rnang.
Drenaj nasosi filtrini tozalash (har oyda bir marta tozalash tavsiya eladi)
Diqqat! Drenaj nasosi filtrini ochishdan oldin, drenaj shlangidagi qoldiq suvlarni chiqarib
tashlang. Kir yuvish mashinasi ishlab turgan paytda filtrni tozalamang.

Содержание

Скачать