Artel WF60K060CW [4/48] Foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Artel WF60G020CG [4/48] Foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma
3
FOYDALANISH BYICHA YOʻRIQNOMA
XAVFSIZLIK TALABLARI
Mazkur mashina — maishiy elektr jihoz bo'lganligi sababli undan foydalanishda elektr
xavfsizligi umumiy talablariga rioya qilish lozim. Mashina elektr tokidan shikastlanishdan
himoyalanganligiga ko'ra I toifaga mansub.
Jihozdan jismoniy, ruhiy va aqliy imkoniyatlari cheklangan
shaxslar (shu jumladan bolalar) foydalanishlari maqsadga muvofiq
emas, agar ularning xavfsizligi uchun mas'ul shaxs nazora yoki
ko'rsatmasi bilan foydalanilgan hollar bundan mustasno.
Bolalarning jihoz bilan o'ynashlariga yo'l qo'yilmasligi nazorat
qilinishi lozim.
Bolalarning mashinaning usga chiqishlari, uning usda yoki ichida
o'ynashlariga yo'l qo'ymang.
Kir yuvish mashinasiga uy hayvonlari tegishiga yo'l qo'ymang.
Mashinani yoqishga mo'ljallangan yerga ulangan ikki qutbli rozetka
favqulodda holatlarda mashinani elektr tarmog'idan uzishga qulay
joyga o'rnalishi lozim.
Shikastlangan elektr shnuridan foydalanmang. Mashinani elektr
tarmog'iga ulashdan avval ta'minot shnurida shikastlanish mavjud
emasligini tekshirish lozim. Shnur buklanmagan, tekis holatda bo'lishi
kerak.
Ta'minot shnuri shikastlangan hollarda, xavfsizlik nuqtai nazaridan,
uni almashrish ishlab chiqaruvchi, servis xizma yoki shunga
o'xshash xizmatning malakali mutaxassisi tomonidan amalga oshirilishi
lozim.
Zaharli gazlar ajralib chiqishi, mashinaning buzilishi, yong'in yoki
portlash kelib chiqishi xavfi mavjudligi sababli mashinadan
foydalanishda turli eritmalardan foydalanish ta'qiqlanadi.
Kir yuvish mashinasi uchun mos bo'lgan maxsus belgilangan
hamda tegishlicha yerga ulangan rozetkadan foydalaning. Mashinani
yoqish uchun yerga ulanmagan rozetkadan foydalanish ta'qiqlanadi.
Noto'g'ri ravishda yerga ulash tok urishiga olib kelishi mumkin.
Tarmoq shnuridagi vilkani almashrmang. Agar u elektr rozetkaga mos
kelmasa rozetkani almashrish uchun malakali elektrik xizmadan
foydalaning.
Mashinani yoqish uchun elektr tarmog'iga ulanishda o'tkazuvchi,
ko'p o'rinli (ikki yoki undan orq ulanuvchi) rozetka va uzayrilgan
shnurlardan foydalanish ta'qiqlanadi.
!

Содержание

Скачать