Samsung VCC4550 белый [51/64] Xavfsizlik bo yicha axborot

Samsung VCC4550 белый [51/64] Xavfsizlik bo yicha axborot
Havfsizlik bo’yicha axborot _3
2_ Ehtiyotkorlik choralari
Xavfsizlik bo’yicha axborot
MUHIM XAVFSIZLIK CHORALARI
1. Barcha ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Qurilmani yoqishdan avval elektr ta’minot
zanjiridagi kuchlanishning changyutgich tag qismidagi texnik ma’lumotlar ko’rsatilgan yorliqdagi
kuchlanishga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
2. OGOHLANTIRISH. Agar pol yoki gilam xo’l bo’lsa, changyutgichdan foydalanmang. Suvyig’ish
maqsadida changyutgichdan foydalanmang.
3. Agar qurilma bola tomonidan foydalanilayotgan bo’lsa yoki yaqin atrofda bolalar bo’lsa, bolalarni
qarovsiz qoldirmang. Bolalarning changyutgich bilan o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Chanyutgicnhi
yoqilgan holda qarovsiz qoldirmang. Changyutgichdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan
madsadlardagina foydalanish kerak.
4. Chang konteynerisiz changyutgichdan foydalanmang. Qurilmaning eng yuqori samaradorlik bilan
ishlashi uchun chang konteynerini to’lib ketishidan avval bo’shatishga harakat qiling.
5. Vilkani tarmoq rozetkasiga tiqishdan avval pereklyuchatelni Stop (yoki Min) holatga o’tkazing.
6. Changyutgichdan sachrab yotgan gugurt donalari, yonayotgan kul yoki sigareta qoldiqlarini yig’ish
uchun foydalanmang. Changyutgichni oshxona plitasi yoki boshqa issiqlik manbalari yaqinida
saqlamang. Issiq havo qurilma plastik qismlarining deformatsiyalanishi yoki rangsizlanishiga olib
kelishi mumkin.
7. Changyutgich yordamida qattiq va o’tkir buyumlarni yig’mang, chunki ular qurilma qismlarini
shikastlashi mumkin. Shlangni bosib olmang. Shlang ustiga og’ir buyumlarni qo’ymang. Yutgich
yoki chiqarish portlarini to’sib qoymang.
8. Vilkani tarmoq rozetkasidan uzishdan avval changyutgichni qurilma korpusidagi pereklyuchatel
yordamida o’chiring. Chang konteynerini almashtirishdan avval qurilmani albatta tarmoqdan uzing.
Shikastlanishning oldini olish uchun vilkani rozetkadan uzishda kabeldan emas, balki vilkaning
o’zidan ushlab torting.
9. Agar ular nazorat ostida bo’lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu
mashinadan foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilmagan bo’lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki
aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar (jumladan bolalar)
foydalanishlari mumkin emas. Bolalarning ushbu qurilmani o’ynamasliklarini nazorat qilib turing.
10. Changyutgichni tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishdan avval vilkani albatta tarmoq
rozetkasidan uzib qo’yish lozim.
11. Uzaytirgichdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
12. Changyutgich ishida buzilishlar sodir bo’lgan hollarda uni tarmoq manbasidan uzing va xizmat
ko’rsatish markazining vakolatli xodimiga murojaat qiling.
13. Agar elektr tarmog’iga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xavi holatlarning vujudga kelishini
oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi yoki uning xizmat ko’rsatuvchi agenti yoki vakolatli
mutaxassis tomonidan almashtirilishi kerak.
14. Uning shlangidan ushlagan holda changyutgichni harakatlantirmang. Bunday maqsadlar uchun
changyutgich korpusidagi dastadan foydalaning.
15. Undan foydalanilmagan hollarda changyutgichni elektr tarmog’idan uzib qo’ying. Vilkani tarmoq
rozetkasidan uzishdan avval ta’minot tugmasini bosgan holda changyutgichni o’chiring
DJ68-00461 KD-170309.indb 3 2017. 3. 9. �� 9:19

Содержание

Похожие устройства

Скачать