Candy ACI-09HRR103/R3 Руководство по эксплуатации онлайн [68/86] 787176

Candy ACI-09HRR103/R3 Руководство по эксплуатации онлайн [68/86] 787176
26
(5) Agar oldindan belgilangan vakuum darajasiga erishib bo'lmasa, tizimning har bir qismidagi xladagentni chiqarish uchun turli nuqtalardan
vakuulash kerak;
(6) Qayta tiklash stantsiyasini ishga tushirishdan oldin, ballonning sig'imi evakuatsiya qilingan xladagent uchun yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling;
(7) Regeneratsiya stantsiyasi ishlab chiqaruvchining foydalanish yo'riqnomasiga muvoq ishga tushirilishi va ishlashi kerak;
(8) Ballonlar to'liq to'ldirilmagan bo'lishi kerak (to'ldirilgan xladagent miqdori tsilindr hajmining 80% dan oshmasligi kerak)
(9) Ballonlarning maksimal ish bosimi hatto qisqa vaqt ichida oshib ketishi mumkin emas;
(10) To'ldirish tugagandan so'ng, ballonni va uskunani tezda evakuatsiya qilish kerak va uskunadagi barcha stopor stopor (to'xtatish) vventillarini
yopish kerak;
(11) Qayta tiklangan xladagent tozalanmaguncha va tahlil qilinmaguncha boshqa sovutish tizimiga to'ldirilmasligi kerak.
Eslatma:
Xladagentni demontaj qilish va evakuatsiya qilish tugallangandan so'ng, konditsioner mos ravishda tamg'alanishi kerak
(sana va imzo bilan). Blokdagi tamg'a, shuningdek, konturni past yonuvchan xladagent bilan to'ldirish haqida ma'lumotni
o'z ichiga olishi kerak.
Xladagentni qayta tiklash
Uskunaga texnik xizmat ko'rsatish yoki utilizatsiya qilish paytida konturga to'ldirilgan xladagentni evakuatsiya qilish kerak. To'liq tozalash tavsiya
etiladi.
Xladagentni faqat tizimni to'ldirishga mos keladigan sig'imga ega bo'lgan maxsus xladagentni qayta tiklash idishiga olish mumkin. Har bir ishlatiladigan
ballon qayta tiklanadigan maxsus xladagentga xos bo'lishi va shunga mos ravishda tamg'alanishi kerak. Ballonlar bosimni tushiruvchi klapanlar
va stopor (to'xtatish) ventillari bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Ishlatishdan oldin bo'sh ballonni vakuum qilish va normal haroratda saqlash kerak.
Regeneratsiya stantsiyasiga ma'lumot olishni osonlashtirish uchun foydalanish qo'llanmasi ilova qilinishi kerak. Qayta tiklash stantsiyasi yonuvchi
xladagent bilan ishlashga mos kelishi kerak. Kalibrlash sertikatiga ega bo'lgan tortish moslamasi taqdim etilishi kerak. Shlanglar bilan olinadigan
bosim o'tkazmaydigan ulanishlardan foydalanish kerak. Xladagentning oqib chiqib ketishi sodir bo'lgan taqdirda yong'inning oldini olish uchun qayta
tiklash stantsiyasidan foydalanishdan oldin uning ishlashi va to'g'ri ishlashini, shuningdek, qurilmaning barcha elektr qismlarining mahkamligini
tekshiring. Agar shubhangiz bo'lsa, ishlab chiqaruvchiga murojaat qiling.
Tiklangan xladagentni zavodga tegishli ballonlarda qaytarib berishda unga biriktirilgan ko'rsatmalar bo'yicha transportda tasish lozim. Qayta tiklash
stantsiyasida (ayniqsa, ballonlarda) har xil turdagi xladagentlarni aralashtirish mumkin emas.
Tashish paytida, yonuvchan xladagentda konditsionerlar yuklangan bo'linmani germetik tarzda yopish mumkin emas. Tashish uchun mo'ljallangan
avtomobilda elektrostatik zaryadlardan himoya qilish qurilmasi o'rnatilishi kerak. Konditsionerlarni tashish, yuklash va tushirish vaqtida agregatlarni
shikastlanishdan himoya qilish uchun zarur choralarni ko'rish kerak.
Kompressorni qismlarga ajratish yoki kompressor moyini tozalashda kompressorni moylash moyidan yonuvchi xladagent qoldiqlarini olib tashlashni
ta'minlash uchun to'g'ri darajaga evakuatsiya qilish kerak. Kompressor ishlab chiqaruvchiga jo'natilishidan oldin vacuum kilishni amalga oshirilishi
kerak. Kompressor karterini isitish orqali vakuum jarayonini tezlashtirish mumkin. Tizimdan xavfsiz ravishda to'kib tashlash uchun ehtiyot bo'lish kerak.

Содержание

Похожие устройства

Скачать