Candy ACI-09HRR103/R3 [70/86] Xavfsizlik bo yicha qo llanma

Candy ACI-18HRR103/R3 [70/86] Xavfsizlik bo yicha qo llanma
28
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
Quyida keltirilgan qoidalarni diqqat bilan o'qish va ularga rioya qilish konditsionerning xavfsiz va to'g'ri ishlashining
kafolati hisoblanadi.
Quyida keltirilgan ehtiyot choralari uchta toifaga bo'linadi va ularga qat'iy rioya qilish kerak.
DIQQAT! Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik o'limga va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning jiddiy shikastlanishiga olib kelishi
mumkin.
OGOHLANTIRISH! Ushbu qoidalarga rioya qilmaslik sog'likka ziyon yetkazishi, jihozlarning ishdan chiqishiga va jiddiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
TAVSIYALAR: Ushbu talablarga rioya qilish agregatning to'g'ri ishlashi uchun zarur.
Qo'llanmada ishlatiladigan belgilar.
Belgi bajarilmasligi tavsiya etilgan harakatlar haqida ogohlantiradi.
Belgi qat'iy rioya qilinishi kerak bo'lgan ko'rsatmalar va buyruqlarni bildiradi.
Belgi yerga ulash zarurligini ko'rsatadi.
Belgielektrtokiurishiehtimolihaqidaogohlantiradi(bubelgiblokniidentikatsiyalashtahtachasidamavjud).
Qo'llanma bilan tanishib chiqib bo'lgach, uni foydalanuvchiga topshirish kerak. Ushbu qo'llanma blokni ta'mirlash yoki qayta o'rnatish
zarurati tug'ilganda har doim xizmat ko'rsatuvchi xodimlar unga murojaat qilishlari uchun agregatga yaqin joyda saqlanishi kerak.
Agar blok yangi foydalanuvchiga topshirilsa, ushbu qo'llanma agregat bilan birga topshirilishi kerak. Quyidagi keltirilgan ehtiyot
choralariga qat'iy rioya qilinganligiga ishonch hosil qiling.
DIQQAT!
●G'ayritabiiy hodisalar yuz berganda (uchqunlar,
tutun hidi kelganda va h.k.) zudlik bilan blokning
elektr ta'minotini o'chiring va keyingi ko'rsatmalar olish
uchun uskuna yetkazib beruvchisiga murojaat qiling.
Oynani oching va xonani yetarlicha shamollating.
Jihozdan keyingi foydalanish nosozlik, elektr toki urishi
va yong'inga olib kelishi mumkin.
●Konditsioner uzoq vaqt davomida ishlatilgandan so'ng,
mumkin bo'lgan shikastlanishlarni aniqlash uchun
uning tayanch asosini diqqat bilan tekshirish kerak.
Tayanch asosning shikastlanishi blokning qulab
tushishiga olib kelishi mumkin, natijada baxtsiz
hodisalar yuz berishi mumkin.
●Tashqi blokning ventiyatorini himoyalovchi panjarani
yechib olmang.
Himoya panjarasining yo'qligi xiamt ko'rsatuvchi
xodimlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
●Jihozga xizmat ko'rsatish va ta'mirlash vakolatli
dilerlar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Agregatga
malakasiz xodimlar tomonidan xizmat ko΄rsatish suv
sizib chiqishi, elektr toki urishi va jihozning yonishiga
olib kelishi mumkin.
DIQQAT!
●Tashqi blok ustuda o'tirish, yoki biror narsani qo'yish taqiqlanadi.
Tashqi blokdan odamlar va narsalarning qulab tushishi
baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin.
●Agregatni ho'l qo'llar bilan tegmang. Aks holda,
elektr toki urishi xav mavjud.
●Mos nominaldagi saqlagichlardan foydalaning va faqat
portlashdan himoyalangan holda ishlab chiqarilgan
saqlagichdan foydalaning. Saqlagichlarni boshqa
qurilmalar va simlar bilan almashtirish uskunaning
shikastlanishiga va yong'inga olib kelishi mumkin.
●Drenaj quvurlari kondensatning to'g'ri chiqarilishini
ta'minlashi kerak. Aks holda, suvning oqib ketishi
mumkin.
●Tok sizishidan himoyalangan avtomatik uzgichni o'rnating.
Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
●Konditsionerni tez yonuvchan gazlar bo'lgan muhitga o'rnatmaslik kerak,
chunki tizimni bunday joylarda yig'ish (montaj qilish) yong'inga olib kelishi
mumkin.
Konditsioner vakolatli dilerlar tomonidan o'rnatilishi kerak. Agregatni
malakasiz xodimlar tomonidan yig'ish (montaj qilish) oqib chiqib ketishga,
elektr toki urishiga va uskunaning yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
●Xladagentning oqib chiqib ketishini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish
bo'yicha chora-tadbirlar vakolatli dilerlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Konditsionerni kichik maydonli honalarga o'rnatayotganda, baxtsiz hodisalarni
oldini olish uchun oqib chiqib ketishlarni aniqlash uchun tegishli ehtiyot
choralariga qat'iy rioya qilish kerak.
●Konditsionerni yechib olish yoki qayta yig'ish (montaj qilish) vakolatli dilerlar
tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Agregatga malakasiz xodimlar tomonidan xizmat ko'rsatilishi oqib chiqib
ketishga, elektr toki urishiga va uskunaning yong'iniga olib kelishi mumkin.
●Zaminlash borligiga ishonch hosil qiling. Zaminlash simi freon, drenaj
quvurlari, telefon kabeli va chaqmoqni bartaraf etuvchiga ulanmasligi kerak.
Noto'g'ri bajarilgan zaminlash elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
-
Elektr
ta'minotini
o'chiring
Yerga ulash

Содержание

Похожие устройства

Скачать