Samsung DW50R4050FS [194/224] Yuvish vositasi bo lmasi

Samsung DW50R4050FS [194/224] Yuvish vositasi bo lmasi
O'zbek26
Ishga tayyorlash
Ishga tayyorlash
Anjomlar tokchasi (faqat DW50R4070F* / DW50R4050F* modellarda)
Anjomlar tokchasi oshxona anjomlari va
pishirish yoki dasturxonga tortish idishlariga
moslangan. Oshxona anjomlari yoki idishlarni
anjomlar tokchasiga taxlang.
ESLATMA
Tepa tokchada kattaroq buyumlarni yuvish
uchun joy kerak bo‘lsa, anjomlar tokchasini olib
tashlash mumkin.
Yuvish vositasi bo‘lmasi
Barcha sikllarda yuvish vositasi bo‘lmasiga vosita solish kerak. Samarali ishlashi uchun tanlangan
siklga mos keladigan miqdorda vosita soling.
OGOHLANTIRISH
Idish yuvish vositasini yutmang. Bug‘ida nafas olmang. Idish yuvish vositasi tarkibida
qo‘zg‘atuvchi va kaustik ximikatlar bor bo‘lib, nafas yo‘llarida muammo keltirib chiqarishi
mumkin. Agar idish yuvish vositasini yutsangiz yoki bug‘ida nafas olsangiz, darhol shifokorga
murojaat qiling.
Idish yuvish vositasini bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
DIQQAT
Faqat idish yuvish vositasini ishlating. Boshqa yuvish vositasi ko‘piklanib ketadi va mashina
samarasini pasaytirishi yoki noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 26 2020-11-05  12:18:17

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения