AENO VS2 (AVS0002) Руководство по эксплуатации онлайн [111/120] 790423

AENO VS2 (AVS0002) Руководство по эксплуатации онлайн [111/120] 790423
aeno.com/documents 111
5. Kuyishning oldini olish uchun payvandlash plankasiga (9) va payvand
chokiga muhrlagandan (qalaylab bekitgandan) keyin ular sovib ketguncha qo'l
tegizmang.
6. Vakuum yopishtiruvchini har foydalanishdan so'ng, ayniqsa payvandlash
panelidagi paketdan plastik zarralar qo'lsa, uni tozalash kerak. Shnurning
vilkasini rozetkadan chiqarib, jihozni tarmoqdan uzing va sovushini kuting.
Qurilmaning sirtini iliq suv yoki yumshoq sovun eritmasi bilan namlangan
yumshoq mato bilan artib oling. Keyin toza suv bilan namlangan yumshoq
mato bilan artib oling va quriting. Agressiv yuvish vositalarini, abraziv
pastalarni, kislotalar yoki erituvchilarni o'z ichiga olgan silliqlovchi va yuvish
vositalarini ishlatmang.
7. "Moist" rejimidan faqat suyuqligi kam bo'lgan oziq-ovqatlar uchun
foydalaning.
8. Suyuq oziq-ovqatlarni vakuum yopishtirmang, ular faqat muhrlash
(qalaylab bekitish) uchun mo'ljallangan.
9. Vakuum yopishtiruvchilar uchun faqat maxsus paketlardan (qoplardan)
foydalaning.
10. Vakuum plomba bilan ta'minlangan adapter (vakuum shlangi) faqat
maxsus vakuumli idishlardan havo olib tashlash uchun ishlatiladi.
11. Vakuum yopishtirishdan oldin nam oziq-ovqatni toza sochiq yoki salfetka
bilan quritish tavsiya etiladi.
12. Mikroto'lqinli pechda vakuumga qadoqlangan oziq-ovqatni isitish uchun,
bug'ning chiqishi uchun paketni ozgina teshing yoki idishdagi chiqish
klapanini ochishingiz kerak.
13. Faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan aksessuarlar, sarf
materiallari va/yoki ehtiyot qismlardan foydalaning. Batafsil ma'lumotni
aeno.com/documents saytidagi foydalanish uchun tezkor qo'llanmaning to'liq
taxririni yuklab olishingiz mumkin.
14. Foydalanib bo'lgandan keyin qurilmaning sovishini kuting.

Содержание

Похожие устройства

Скачать