AENO VS2 (AVS0002) Руководство по эксплуатации онлайн [114/120] 790423

AENO VS2 (AVS0002) Руководство по эксплуатации онлайн [114/120] 790423
114 aeno.com/documents
ESLATMA. Isitish elementining haddan tashqari qizib ketishining oldini olish
maqsadida keyingi vakuum yopishtirish ishga tushirilishidan oldin kamida 30
soniya o'tishi kerak.
Vakuumli upakovkada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddati bo'yicha
tavsiyalar
Taxminan +5 °C (+/– 3 °C) haroratda:
xom go'sht – 8–9 kungacha;
baliq va dengiz mahsulotlari – 4–5 kungacha;
kolbasa mahsulotlari – 10–14 kungacha;
sabzavotlar – 7–10 kungacha;
mevalar – 14–20 kungacha;
tuxum – 30–50 kungacha.
-16 °C dan -20 °C gacha bo'lgan haroratda:
go'sht, baliq, dengiz mahsulotlari – 1 yilgacha.
Taxminan +25 °C (+/– 2 °C) haroratda:
non – 6–8 kungacha;
pechenye, yormalar/un, yong'oqlar, quritilgan mevalar, choy – 1 yilgacha.
ESLATMA. Mahsulotlarning to'liq ro'yxati va yaroqlilik muddati
aeno.com/documents manzilidagi foydalanish uchun to'liq qo'llanmada
mavjud.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
Paket izlari payvandlash plankasida paydo bo'ladi. Mumkin bo'gan sabablar:
payvandlash plankasining haddan tashqari qizib ketishi. Muammoni hal
qilish uchun yechim: Qurilmani 90 soniya sovishi uchun qoldiring.
Muhrlagandan (qalaylab bekitgandan) keyin paketda havo paydo bo'ladi.
Mumkin bo'gan sabablar: o'tkir cho'p, baliq suyaklari, makaron mahsulotlari
va boshqalar bilan paketning (qopning) teshilishi. Muammoni hal qilish
uchun yechim: paketni (qopni) almashtiring, bo'rtib chiqib turgan o'tkir
qismlarni olib tashlang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать