AENO RC3S черный (ARC0003S) Руководство по эксплуатации онлайн [148/156] 790965

AENO RC3S черный (ARC0003S) Руководство по эксплуатации онлайн [148/156] 790965
148
Changyutgichni parvarish qilish
Yon cho'tkalarni issiq suv bilan yuvish yoki nam mato bilan tozalash
mumkin. Chang konteynerini tozalash uchun uni changyutgich tanasidan
(korpusidan) fiksatorni pastga bosib chiqaring. Keyin chang
konteynerining orqa qopqog'ini oching va axlat va changni savatga soling (g
rasmga qarang). Konteynerning yuqori qopqog'ini oching va uning ichidan
HEPA filtrini oling. Filtrni va konteynerni changyutgichni tozalash cho'tkasi
bilan yoki quruq latta bilan tozalang. Suv konteynerini va po'lni
tozalaydigan salfetkani suvda yuvish mumkin. Rolikli cho'tkani (c rasmga
qarang) cho'tka bilan tozalash mumkin, ikkita zashyolkani (mandalni)
bo'shatib olish orqali, korpusdan (tanadan) rolikli cho'tkani chiqarib tozalash
mumkin (hrasmga qarang).
DIQQAT! Hech qanday holatda chang konteynerini, HEPA filtrini va rolikli
cho'tkani suvda yuvmang.
Mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etish
1. Changyutgich yoqilmayapti. Mumkin bo'lgan sabablar va ularni hal qilish
uchun echim: "ISHGA TUSHIRISH/TO'XTATISH" tugmasi yoqilganligiga,
changyutgich zaryadlanganligiga, xona harorati 0 °C dan +40 °C gacha
ekanligiga ishonch hosil qiling. AENO ilovasidan changyutgichni ishga
tushirishga harakat qiling. Changyutgich dok-stansiyasida ("ulanish
stansiyasida") turgan paytida, u ilovadagi buyruqlarga javob bera olmaydi.
2. Changyutgich zaryadlanmayapti. Mumkin bo'lgan sabablar va ularni hal
qilish uchun echim: dok-stansiyasi ("ulanish stansiyasi") quvvat adapteri
orqali rozetkaga ulanganligiga va dok-stansiyasining ("ulanish
stansiyasining") korpusida yorug'lik diodi yonib turganligiga ishonch hosil
qiling. Dok-stansiyasidagi ("ulanish stansiyasidagi") va changyutgichdagi
metalli kontaktlarni quruq va yumshoq latta bilan tozalang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать