Samsung DW50R4050FS/WT [176/224] Idish yuvish mashinasini shlatishga oid ko rsatmalar

Samsung DW50R4050FS/WT [176/224] Idish yuvish mashinasini shlatishga oid ko rsatmalar
O'zbek8
Ehtiyot choralari
Ehtiyot choralari
Idish yuvish mashinasini shlatishga oid ko'rsatmalar
Bu idish yuvish mashinasi tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Uni maishiy
sektorda va shu kabi ishxona va yashash joylarida ishlatish lozim, jumladan:
Do‘konlar
Oslar va shou-rumlar
va quyidagi joylarda yashovchilar tomonidan:
Yotoqxona va pansionlar.
Uni shu qo‘llanmada belgilangan tarzda maishiy jihoz sifatida, uydagi idishlar va oshxona
anjomlarini yuvish uchun ishlatish lozim. Boshqa maqsadda foydalanishni ishlab chiqaruvchi
qo‘llab-quvvatlamaydi va bu xavi bo‘lishi mumkin.
Noto‘g‘ri ishlatishdan kelib chiqqan zararlar uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.
Mashinada eritgich ishlatmang. Portlash xav bor.
Idish yuvish vositasini ichga tortmang yoki yutmang. Idish yuvish vositasi tarkibida qo‘zg‘atuvchi
va korroziv moddalar bor bo‘lib, yutilsa, burunni, og‘izni va tomoqni achishtirishi yoki nafas
olishni qiyinlashtirishi mumkin. Agar yuvish vositasi yutilsa yoki ichga tortilsa, darhol shifokorga
murojaat qiling.
Eshigi zaruriyatsiz ochiq qolmasin, chunki unga qoqilib ketishingiz mumkin.
Ochiq eshigi ustiga o‘tirmang yoki suyanmang. Natijada mashina ag‘darilib ketib, shikastlanishi va
sizga jarohat yetishi mumkin.
Faqat maishiy idish yuvish mashinalari uchun chiqarilgan yuvish va chayish vositalarini ishlating.
Idish yuvish suyuqligini ishlatmang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Chayish vositasi rezervuariga kukunli yoki suyuq yuvish vositasi solmang. Rezervuarga jiddiy
zarar yetadi.
Tuz idishiga tasodifan kukunli yoki suyuq yuvish vositasi solinsa, suv yumshatkichga zarari
tegadi. Tuz idishini to‘ldirishdan oldin kerakli tuz paketini tanlaganingizga amin bo‘ling.
Maxsus yirik zarrali tuz ishlating, boshqa turdagi tuzlar tarkibida erimaydigan qo‘shimchalar
bo‘lib, ular yumshatkichning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.
Oshxona anjomlari uchun mo'ljallangan savat mavjud jihozda (modelga bog‘liq), anjomlar sopini
pastga qilib joylashtirilsa, yaxshiroq tozalanadi va quritiladi. Ammo jarohat yetmasligi uchun
pichoq, sanchqi va hokazolarni sopini tepaga qilib joylashtiring.
Qaynoq suvda yuvishga mos kelmaydigan plastik buyumlar, masalan, bir martalik plastik idishlar,
plastik anjom yoki idishlarni mashinada yuvmaslik kerak. Mashinadagi yuqori harorat tufayli ular
erishi yoki shakli buzilishi mumkin.
Kechiktirib boshlash funksiyasi mavjud modellarda yuvish vositasini qo‘shishdan oldin dispenser
quruq ekanligiga amin bo‘ling. Kerak bo‘lsa, artib quriting. Nam dispenserga solingan vosita tiqilib
qolib, yaxshi taqsimlanmasligi mumkin.
Pichoq va boshqa o‘tkir jismlar uchini pastga qilib yoki gorizontal holatda savatga solinishi kerak.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 8 2020-11-05  12:18:13

Содержание

Похожие устройства

Скачать