LG OLED55A2RLA [28/36] O rnatish

LG OLED55A2RLA [28/36] O rnatish
4
O‘rnatish
Televizorni ko’tarish va siljitish
Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat’iy nazar televizorning tirnalishi yoki
unga zarar yetishi xavfining oldini olish va uni xavfsiz tarzda tashish uchun
quyidagi maslahatlarga amal qiling.
Televizorni u dastlab olib kelingan quti yoki oramda siljitish tavsiya
qilinadi.
Televizorni siljitish yoki kotarishdan avval undagi quvvat manbaiga
ulash shnuri va barcha kabellarni uzib qo’ying.
Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishining oldini olish uchun
uning ekrani sizga teskari holda bo’lishi kerak.
Televizor korpusining tomondagi va quyi qismlarini mahkam ushlang.
Shaffof qismi, dinamik yoki dinamikning torli qismidan ushlab
olmaganligingizga ishonch hosil qiling.
Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki kishi bo’lishi kerak.
Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki ortiqcha tebranishlar
ta’sirida qoldirmang.
Televizorni tashish vaqtida uni vertikal holatda ushlang, hech qachon
televizorni yon tomonga burmang va chapga yoki ongga qiyalatmang.
Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib keluvchi ortiqcha bosim
ishlatmang, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.
Televizor bilan muomala qilganda bo‘rtib turgan tugmalarni
shikastlamaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu ekran
buzlilishiga olib kelishi mumkin.
Tayanchni TVga mahkamlashda ekranni tirnalishlardan himoya qilish
uchun ekranni yumshoq stol yoki tekis yuzaga qaratgan holda qo’ying.
Stol ustiga ornatish
1 Televizorni ko’taring va uni vertikal holatga keltirgan holda stol ustiga
qo’ying.
• Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor bilan televizor orasida
(engkamida) 10 sm masofa qoldiring.
2 Quvvat manbai shnurini rozetkaga ulang.
Mahsulotni yig’ish paytida burama mix qismlariga begona moddalarni
(moylar, moylash materiallari, va hokazolar) qo’llamang. (Bunday qilish
mahsulotga shikast yetkazishi mumkin.)
Agar siz televizorni tayanchga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, mahsulotning
ag’darilib ketishining oldini olish bo’yicha choralar ko’rishingiz kerak
bo’ladi. Aks holda, televizor tushib ketishi, bu esa shaxsiy zarar xavfiga
olib kelishi mumkin.
Xavfsizlik va mahsulotning xizmat ko’rsatish davomiyligini kafolatlash
uchun ruxsatnomaga ega bo’lmagan buyumlardan foydalanmang.
Ruxsat berilmagan buyumlardan foydalanish orqali yetkazilgan har
qanday zarar yoki shikastlanishlar ishlab chiqaruvchi kafolati orqali
qoplanmaydi.
Burama mixlarning to’g’ri kiritilganligi va mahkam qotirilganligiga
ishonch hosil qiling. (Agar ular yetarli darajada mahkam qotirilmagan
bo’lsa, TV o’rnatilgandan keyin oldinga qulab ketishi mumkin.)
Ortiqchako’p kuch ishlatmang yoki burama mixlarni ortiqcha qotirib
yubormang; aks holda burama mix shikastlanishi va togri qotirilmasligi
mumkin.
Agar burilish burchagini rostlashda muammo chiqsa, jihozni biroz
ko‘taring va qaytarib qo‘ying. (Rusumga qarab)
TVni devorga mahkamlash
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan tayanch va boltlarni
televizorning orqa paneliga kiriting va tortib mahkamlang.
• Agar teshikli boltlar ornida boltlar ornatilgan bo’lsa, ularni olib
tashlang.
2 Tayanchlarni boltlar yordamida devorga ornating. Tayanch va televizor
orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashuv orinlarini moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va tayanchlarni mustahkam bog’lagich bilan ulang.
Bog’lagich tekis sirtda gorizontal holatda bo’lishiga ishonch hosil qiling.
Televizor mahkam turishi uchun yetarli darajada mustahkam va katta
platforma yoki shkafdan foydalaning.
Tayanch moslamalar, boltlar va bog’lagichlar mahsulot bilan birga
yetkazib berilmaydi. Qoshimcha qurilmalar uchun mahalliy dileringizga
murojaat qiling.

Содержание

Похожие устройства

Скачать