Candy ACI-18HRR103/R3 Руководство по эксплуатации онлайн [65/86] 803410

Candy ACI-18HRR103/R3 Руководство по эксплуатации онлайн [65/86] 803410
23
Xizmat ko'rsatish hududini tekshirish
Ishni boshlashdan oldin xonaga Xladagent oqib chiqib ketmaganligiga ishonch hosil qiling.
Xizmat ko'rsatish ishlari olib boriladigan xonaning maydoni jihozning identikatsiya raqamiga muvoq belgilanadi.
Konditsionerga texnik xizmat ko'rsatish vaqtida doimiy shamollatish amalga oshirilishi kerak.
Xizmat ko'rsatish zonasidagi binolar ichida harorati 548 ° C dan yuqori bo'lgan va yong'inga olib kelishi mumkin bo'lgan ochiq olov va issiqlik
manbalari bo'lmasligi kerak.
Ta'mirlash vaqtida elektrostatik zaryadga olib kelishi mumkin bo'lgan telefonlar va elektron qurilmalar o'chirilishi kerak.
Xizmat ko'rsatish maydoni quruq kukun yoki karbonat angidridli o't o'chirish moslamasi bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
Xizmat ko'rsatish hududiga qo'yiladigan talablar
Xizmat ko'rsatish hududida tirgagi bor shamollatishni tashkil qilish kerak. Hududning yuzasi tekis bo'lishi kerak. Podvalda xizmat ko'rsatish zonasini
jihozlash mumkin emas.
Qalaylash uchun ajratilgan zona xizmat ko'rsatish joyining qolgan qismidan ajratilishi va aniq belgilanishi kerak. Ushbu ikki zona o'rtasida xavfsizlik
masofasi saqlanishi kerak.
Ventilyatorlar xizmat ko'rsatish joyida o'rnatilishi kerak. Tortib (so'rib) oladigan, potolokka o'rnatiladigan, po'lga o'rnatiladigan ventilyatorlar va maxsus
tortib (so'rib) oladigan havo o'tkazgich (vozduxovod) xonani ventilyatsiya qilish va xladagent gazining to'planishiga yo'l qo'ymaslik uchun havoni bir
tekis chiqarishni ta'minlash uchun ishlatilishi mumkin.
Xona tegishli boshqaruv tizimiga ega bo'lgan yonuvchan xladagentlarning oqib chiqib ketishlarini aniqlash moslamasi bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
Ta'mirlash ishlarini bajarishdan oldin ushbu uskunaning mavjudligi va ishlashini tekshirish kerak.
R32 bilan ishlash uchun maxsus mo'ljallangan asboblar va moslamalardan foydalanish kerak. Boshqa xladagentlar uchun mo'ljallangan asboblardan
(o'lchov kollektori, to'ldiruvchi shlang, gazning oqib chiqib ketish detektori, teskari klapan, to'ldiriladigan stansiya, vakuummetr, xladagentni qayta
tiklash moslamasidan) foydalanmang. Ushbu talabga rioya qilmaslik yog'lar va / yoki xladagentlarining aralashishiga va tizimga namlikning kirishiga
va natijada R32 xladagentining xususiyatlari yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Tarmoq rubil'nigi (portlashdan himoyalashga mo'ljallangan) xizmat ko'rsatish hududidan tashqarida joylashgan bo'lishi kerak.
Azot, atsetilen va kislorodli ballonlarni alohida joylashtirish kerak. Yuqorida sanab o'tilgan ballonlar va ochiq olovli ish joyi orasidagi masofa kamida
6 metr bo'lishi kerak. Atsetilen ballonlari uchun teskari klapan taqdim etishi kerak. Atsetilen va kislorod uchun ballonlarning rangi xalqaro talablarga
mos kelishi kerak.
Xizmat ko'rsatish hududida yong'indan foydalanishni taqiqlovchi ogohlantiruvchi belgi o'rnatilishi kerak.
Quruq kukun yoki karbonat angidridli o't o'chirgich kabi elektr jihozlari uchun mos keladigan o't o'chirgichlarni qo'l yetadigan joyga qo'ying.
Xizmat ko'rsatish hududidagi ventilyatorlar va boshqa elektr jihozlari to'g'ri o'rnatilishi va himoyalangan bo'lishi kerak. Xizmat ko'rsatish hududida
vaqtinchalik simlar va rozetkalardan foydalanish qabul qilinishi mumkin emas.
Oqib chiqib ketishni aniqlash usullari
Xladagentning oqib chiqib ketish sinovi o'tkaziladigan muhit potentsial olov manbalaridan xoli bo'lishi kerak.
Galogen chiroq (yoki boshqa ochiq olov detektori) yordamida oqib chiqib ketishlarni aniqlash mumkin emas.
Yonuvchan xladagentlar bilan to'ldirilgan tizimlar uchun oqib chiqib ketishlarni aniqlashda elektron oqib chiqib ketishlarni aniqlash moslamasi
yordamida tavsiya etiladi. Asbob kalibrlangan muhitda xladagent bo'lmasligi kerak. Oqib chiqib ketishni aniqlash uskunasi yonmaydigan va sinovdan
o'tkazilayotgan xladagentga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
Oqib chiqib ketish detektori aniqlangan xladagentning foizida kalibrlangan (olov tarqalishining pastki kontsentratsiyasining chegarasi OTPKC ),
ma'lum bir gaz konsentratsiyasida (maksimal 25%) ishlashga o'rnatiladi.
Oqib chiqib ketishni aniqlash uchun ishlatiladigan eritmalar ko'pchilik xladagentlarga mos kelishi kerak. Xlor va xladagent o'rtasidagi kimyoviy
reaktsiyani va mis quvurlarining korroziyasini oldini olish uchun ichida xlori bor erituvchilar tavsiya etilmaydi.
Agar oqib chiqib ketish shubha qilingan bo'lsa, ochiq olov manbasini o'rnatish joyidan olib tashlash yoki o'chirish kerak.
Agar oqib chiqib ketish joyini qalaylash kerak bo'lsa, xladagentni evakuatsiya qilish yoki imkon qadar oqib chiqib ketish joyidan uzoqroq bo'lgan
idishga quyish va stopor (to'xtatish) ventillari bilan izolyatsiya qilish kerak. Qalaylash (jarayondan oldin va jarayon davomida) azot borligida amalga
oshirilishi kerak.

Содержание

Похожие устройства

Скачать