Candy ACI-18HRR103/R3 [76/86] O rnatishni boshlashdan oldin bilish kerak bo lgan ma lumotlar

Candy ACI-09HRR103/R3 [76/86] O rnatishni boshlashdan oldin bilish kerak bo lgan ma lumotlar
34
O'rnatishni boshlashdan oldin bilish kerak bo'lgan ma'lumotlar
Xladagent quvurining germetikligini (zichliligini) tekshirish
R32 xladagentli tizimni germetiklik sinovidan o'tkazish tartibi standart hol bo'lib hisoblanadi. R22 va R410A uchun oqib chiqib ketish detektorlari R32 xladagentining
oqib chiqib chiqishini aniqlash uchun mos emasligini unutmang.
Quvurni germetikligini tekshirishda quyidagilarni bajaring:
1. Sovutish konturining bosim bilan tekshirishdan o'tkazish uchun siqilgan azotdan foydalaning. Konturdagi azot bosimini kerakli proyekt qiymatigacha yetkazing
va keyin atrof-muhit haroratining o'zgarishini hisobga olgan holda tizimning germetikligini tekshiring.
2. Xladagentni bosim bilan tekshirishdan o'tkazishda oqib chiqib ketish aniqlanganda R32 ishlatilyotganligiga ishonch hosil qiling.
3. R32 xladagentini faqat suyuq fazada to'ldirish kerak.
Ogohlantirishlar:
1. Kislorodni xladagenti konturini bosim bilan tekshirish uchun ishlatilmasligi kerak, aks holda bu portlashga olib kelishi mumkin.
2. To'ldirish uchun gazsimon R32 dan foydalanish xladagent tarkibining o'zgarishiga olib kelishi mumkin.
Vakuumlash
1. Teskari klapanli vakuumli nasos
Nasos o'chirilganda (favqulodda to'xtash) nasos moyining sovutish konturiga oqib ketishini oldini olish uchun teskari klapanli vakuum nasosni ishlatish talab qilinadi.
Oldindan foydalanilayotgan nasosga teskari klapan o'rnatish mumkin.
2. Standart unumdorlikga ega vakuum nasosi
5 daqiqadan so'ng 65 Pa bosim pasayishini ta'minlaydigan nasosdan foydalanish kerak. Nasos yaxshi holatda saqlanishi kerak: muntazam servis xizmati ko'rsatish,
shu jumladan kerakli turdagi moy bilan moylash kerak. Agar nasos ishdan chiqgan holatda bo'lsa, vakuum darajasi yetarli bo'lmasligi mumkin.
3. Vakuum o'lchagichning aniqligiga qo'yiladigan talablar
Vakuum chuqurligini 650Pa-gacha o'lchay oladigan vakuum o'lchagichdan foydalaning. Bunday maqsadlar uchun an'anaviy manometrik stantsiyani ishlatish mumkin
emas, chunki uning yordamida vakuum bosimini o'lchash mumkin emas.
4. Vakuumlash vaqti
650Pa vakuumga erishilgandan keyin bir soat davomida konturni vakuumlang. Vakuum nasosi bilan vakuumlashni tugatgandan so'ng, tizimni bir soat davomida
vakuum ostida qoldiring va keyin bosim ko'tarilyaptimi yoqmi tekshiring, ya'ni vakuum yo'qolyaptimi yoqmi.
5. Vakuum nasosi to'xtagandagi harakatlar
Nasosdan xladagent konturiga moyning qaytib oqib ketishini oldini olish uchun nasosni o'chirishdan oldin nasosning saqlovchi klapanini oching yoki havo so'rish
uchun to'ldirish shlangini bo'shashtirib qo'ying. Teskari klapanli vakuum nasosdan foydalanganda ham xuddi shunday harakatlarni bajarish kerak.
Xladagentni to'ldirish
R32 xladagentini faqat suyuq fazada to'ldirish kerak.
Sabab:
qaynash nuqtasi -52 ° C bo'lgan R32 xladagenti gaz fraksiyalash qurilmalarining ishchi moddasi hisoblanadi. Umuman olganda, uni ishlatish printsipi R410A bilan
deyarli bir xil. Xladagentni ballondan suyuqlik fazasi taradan to'ldirish kerak, chunki aks holda uning to'ldirish ballonidagi tarkibi o'zgarishi mumkin.
Eslatma:
Agar sifonli ballon ishlatilayotgan bo'lsa, suyuq R32ni to'ldirishda ballonni ag'darish kerak emas. To'ldirishdan oldin ballon turini tekshiring.
Xladagent oqib oqib chiqib ketishi aniqlangandagi harakatlar
Gidravlik konturda oqib chiqib ketishlar aniqlansa, tizimni qo'shimcha tarzda to'ldirish kerak. Xladagentni suyuqlik magistrali tomonidan to'ldirish kerak.
R22 va R32 xladagentlarini solishtirish
R32 xladagenti bilan ishlash printsipi bir komponentli R22 bilan deyarli bir xil. Biroq, agar R32 gaz fazasida to'ldirilayotgan bo'lsa, uning to'ldirish ballonidagi tarkibi biroz
o'zgarishi mumkin.
Xladagentning oqib chiqib ketishi mavjud bo'lgan paytda, konturni suyuq R32 bilan qo'shimcha to'ldirish mumkin.
Течеискатель R22 и R407
Галоидная лампа
Galoid lampasi
R22 va R407ning oqib chiqib
ketish detektori

Содержание

Похожие устройства

Скачать