Samsung NV75J5540RS/WT [251/308] Boshlashdan oldin

Samsung NV75J5540RS/WT [251/308] Boshlashdan oldin
O'zbek 19
Boshlashdan oldin
Sixli moslama va kabob
*
Selini tutish uchun patnisni 1-holatdagi tokchaga qo‘ying yoki yirik
go‘shtni qo‘yish uchun pech tubiga qo‘ying. Sixga 1,5 kg gacha bo‘lgan
go‘sht ilish tavsiya etiladi.
1. Sixni go‘shtga tiqing. Sixni tiqishga yordam bo‘lishi uchun tutqichini
to‘mtoq uchiga burab kirgizing.
2. Qaynatilgan kartoshka va sabzavotlarni go‘sht atroga qo‘ying.
3. Tayanchni o‘rta tokchaga "V" shaklini oldinga qilib qo‘ying. Sixning
ko'rsatkich uchini orqaga qilgan holda tayanchga qo'ying va
pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirginucha
ohista itaring. Sixning to‘mtoq uchi "V" shakli ustiga qo‘yilishi
kerak. (Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun
pech eshigiga yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan ikkita bo'rtiq bor,
bo'rtiqlar yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).
4. Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching.
5. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olish oson bo‘lishi uchun
dastani qayta joyiga qotiring.
Surilma yo‘naltirgichlar
*
Surilma yo‘naltirgich taxtachasi yordamida patnisni quyidagicha
kiriting:
1. Yo‘naltirgich taxtachasini pechdan chiqarib oling.
2. Patnisni taxtachaga qo‘yib, taxtachani pech ichiga surib kirgizing.
3. Pech eshigini yoping.
Bo'lgich Bo‘lgich pechni ikkita kameraga ajratishga mo‘ljallangan. Bo‘lgichni
Ikkitalik tayyorlash rejimida ishlating.
IZOH
Yulduzchali (*) aksessuarlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.
NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-04_RU+UK+KK+UZ.indb 19 2018-07-26  12:13:29

Содержание

Похожие устройства

Скачать