Candy CCRN 6200 S серебристый [14/0] Ogohlantirish

Candy CCRN 6200 S [14/20] Ogohlantirish
UZ
14
OGOHLANTIRISH
Uskunadan birinchi bor foydalanishdan oldin
Moʻljallanayotgan foydalanish: Ushbu uskuna faqatgina quruq, usti yopiq maishiy sharoitlarda foydalanish uchungina loyihalangan. Boshqa
turdagi foydalanish koʻzda tutilmagan foydalanish deb hisoblanadi va u jarohatlanishga olib kelishi mumkin, bu esa ishlab chiqaruvchini
javobgarlikdan ozod etadi.
Nima qilish lozim ...
Shtepsel vilkasi sovutkich ostidagi joyda chegaralanib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Sovutkichni oʻchirayotganda va yoqayotganda kabelni emas, vilkani ushlang.
Sovutkichni joydan-joyga surayotganda elektr ta’minot shnuri ustidan yurilmasligiga hamda unga zarar yetkazilmasligiga ahamiyat bering.
Shtepsel vilkasiga zarar yetmaganligiga ishonch hosil qiling, agar shunday boʻlsa, imkon qadar elektr ta’minotini oʻchiring shtepsel vilkasini
ehtiyotkorlik bilan uzib qoʻying, shuningdek uni almashtirish uchun avtorizatsiyalangan servis markazi mutaxassisi bilan maslahatlashing.
Sovutkich yon-atrofida gaz yoki boshqa yonuvchi gaz sizib chiqish manbaalari yoʻqligiga ishonch hochil qiling. Gaz sizib chiqishi mavjud
boʻlsa, gaz chiqishini toʻxtatish uchun klapanni oʻchiring; eshik va oynalarnioching, lekin sovutkich yoki boshqa har qanday uskunalarning elektr
ta’minot shnurlarini yoqmang hamda oʻchirmang.
Sovutkichni tozalash va unga xizmat koʻrsatish uchun uni elektr ta’minotidan uzib qoʻying.
Sovutkich eshikchasini dastasidan ushlab oching, eshikchalar orasidagi masofa juda tor boʻlishiga ahamiyat bering, shuning uchun
barmoqlar tiqilib qolishidan ehtiyot boʻling.
Sovutkichni oʻchirgandan soʻng, uni takroran yoqish uchun kamida 5 daqiqa qoldiring, chunki tez-tez qayta oʻchirib-yoqish kompressorga
zarar yetkazishi mumkin.
DIQQAT! Uskunaning korpusidagi yoki oʻrnatiladigan konstruksiyadagi ventilatsiya teshiklarini toʻsib qoʻymang.
Sovutkichni utilizatsiya qilishda, bolalarning tasodifan uning ichiga qamalib qolishini oldini olish maqsadida, sovutkichning eshiklarini
yechib qoʻying, eshikning zichlashtirigichlarini, tokchalarni olib tashlang, ularni kerakli joyga joylashtiring.
Ushbu uskunadan 8 yosh va undan katta bolalar, jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar, shuningdek ularning tajribasi
va bilimlari boʻlmagan holda ularni uskunadan xavfsiz tarzda va uchrashi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tushunish nuqtai-nazaridan nazorat
qilib yoki yoʻriq koʻrsatib turilsalar – foydalanishlari mumkin.
Sovutkich yaxshi shamollatiladigan xonada joylashtirilishi lozim. Sovutkichning ustidan kamida 20 sm va yon-atrofida kamida 15 sm joy
boʻlishiga ishonch hosil qiling.
Sovutkich va gaz trubasi orasida minimal masofa 15 sm, ular bir-biriga tegib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sovutkich qurilmasi shunday joylashtirilishi kerakki, shtepsel rozetkasiga qoʻl yetishi mumkin boʻlsin.
Nima qilish lozim emas ...
Sovutkich 220–240 V kuchlanishli 50 Gs chastotali oʻzgaruvchi tok elektr tarmogʻidan ishlaydi. Notoʻgʻri kuchlanishga ulanganda sovutkich
ishga tushmasligi, harorat rostlagichi, kompressorga zarar yetishi, kompressor ishlashida nome’yoriy shovqin paydo boʻlishi mumkin. Zaruriyat
boʻlsa avtomatik kuchlanish stabilizatorini oʻrnating.
Sovutkich uchun ishonchli yerga ulanish zanjiriga ega boʻlgan maxsus rozetka zarur. Sovutkichning kuchlarish kabeli 3 simli (yerga ulanish
bilan) shtepsel vilkasi bilan jihozlangan, u 3 simli (yerga ulanish bilan) standart rozetkaga mos keladi. Hyech qachon uchinchi kontakt (yerga
ulanish) simini kesib tashlamang yoki ajratib olmang. Sovutkich oʻrnatilgandan keyin vilka qoʻl yetadigan joyda boʻlishi kerak.
Hyech qachon sovutkich ichida oson alangalanuvchi, portlash xavfiga ega boʻlgan yoki korroziya jihatdan faol boʻlgan moddalarni
saqlamang.
Sovutkich ichida tibbiy dori vositalarini, bakteriologik yoki kimyoviy moddalarni saqlamang. Ushbu sovutkich maishiy elektr uskunasi
hisoblanadi. Uning ichiga qat’iy harorat sharoitida saqlanishi talab etiladigan materiallarni joylashtirish tavsiya
etilmaydi.
Yongʻin kelib chiqishini oldini olish maqsadida sovutkichning bevosita yaqinida benzin yoki boshqa oson
alangalanuvchi moddalarni saqlamang va ulardan foydalanmang.
Yuqorida joylashgan predmetlarning qulashi natijasida tan jarohat yetkazilishining oldini olish maqsadida,
nobarqaror predmetlarni (ogʻir obyektlarni, suyuqlik solingan idishlarni) sovutkichning ustki qismiga qoʻymang.
Sovutkich eshigiga yoki butilkalar ushlab turgichiga osilmang. Eshik vertikal holatdan siljib qolishi mumkin,
butilkalar ushlab turgichi sugʻurilib ketishi yoki sovutkich agʻdarilib ketishi mumkin.
Mahsulotlar va ichimliklarni sovutkichga solayotganda va undan olayotganda muzlatish kamerasi eshigini,
tokchalarni yoki uning korpusini bosmang.
Sovutkich ishlayotgan vaqtda muzlatish kamerasining ichki yuzasiga qoʻl bilan tegmang, ayniqsa qoʻllaringiz nam
boʻlsa, chunki qoʻllaringiz yuzaga muzlab yopishib qolishi mumkin.
Sovutkichning elektr izolatsiyasi himoyalanganligini ta’minlash uchun sovutkichni tozalayotganda unga suv
sepmang va suv bilan yuvmang, sovutkichni nam joyda yoki suv quyilib ketishi mumkin boʻlgan joyda saqlamang.
Sachragan suvlarni va dogʻlarini toza yumshoq mato bilan tozalab tashlang va quriting.
Sovutkichni ta’mirlash, boʻlaklarga ajratish va unga oʻzgartirishlar kiritish ishlari ixtisoslashgan servis markazi mutaxassisi tomonidan
bajarilishi lozim.
Sovutkichni har qanday keskin yoki qoʻpol harakatlantirilishi uning sovutuvchi naychalariga zarar yetkazishi mumkin. Natijada mulk
yoʻqotilishi yoki tan jarohati yetishi mumkin.
Goʻdaklarga va bolalarga muzlatish kameralari ichiga kirib olishiga yoʻl qoʻymang.
DIQQAT! Elektr asboblarini mahsulotlarni saqlash boʻlmalarida saqlamang, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan
mustasno.
DIQQAT! Tizimda yuqori bosim ostidagi xladagent mavjud. Tizimni ochmang. Xizmat koʻrsatish faqat ixtisoslashgan servis markazi
mutaxassisi tomonidan bajarilishi lozim.
DIQQAT! Xladagent konturiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymang.
Sovutkichning ichki qismlarini quritish uchun sochni quritish uchun moʻljallangan fendan foydalanmang. Hidlarni yoʻqotish uchun
sovutkich ichiga yonayotgan shamlarni joylashtirmang.
Sovutkichni har qanday keskin yoki qoʻpol harakatlantirilishi uning sovutuvchi naychalariga zarar yetkazishi mumkin. Natijada mulk
yoʻqotilishi yoki tan jarohati yetishi mumkin.
Goʻdaklarga va bolalarga muzlatish kameralari ichiga kirib olishiga yoʻl qoʻymang.
DIQQAT! Elektr asboblarini mahsulotlarni saqlash boʻlmalarida saqlamang, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan
mustasno.
DIQQAT! Tizimda yuqori bosim ostidagi xladagent mavjud. Tizimni ochmang. Xizmat koʻrsatish faqat ixtisoslashgan servis markazi
mutaxassisi tomonidan bajarilishi lozim.
DIQQAT! Xladagent konturiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymang.
Sovutkichning ichki qismlarini quritish uchun sochni quritish uchun moʻljallangan fendan foydalanmang. Hidlarni yoʻqotish uchun
sovutkich ichiga yonayotgan shamlarni joylashtirmang.
Uchuvchan substansiyalarni, shu jumladan har qanday insektitsidlarni uskuna yuzalariga sepmang
Sovutkich eshiklarini faqatgina eshik harakatlanish radiusida bolalar boʻlmagan vaqtdagina oching yoki yoping.
Ushbu uskunadan jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar (shu jumladan bolalar), yoki ularning tajribasi va bilimlari
boʻlmaganligi sababli – ularni uskunadan xavfsiz tarzda va uchrashi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tushunish nuqtai-nazaridan nazorat qilib yoki
yoʻriq koʻrsatib turilmasalar – foydalanishlari mumkin emas.
Kompressorning haddan ortiq uzoq vaqt mobaynida ishlashini yoki mahsulotlarning tushib ketishini oldini olish maqsadida, muzlatish
kamerasida haddan ziyod koʻp mahsulot saqlamang. Yashiklarni yuklash chizigʻidan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi. Mahsulotlarning umumiy
ogʻirligi 30 kg dan oshmasligi kerak. Mahsulotlarning polga tushib ketishini oldini olish maqsadida, muzlatkich kamerasini haddan tashqari kuchli
tarzda yoki burchak ostida ochmang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать