Candy CCRN 6200 S серебристый [15/0] Ishlatishdan avval

Candy CCRN 6200 S [15/20] Ishlatishdan avval
UZ
15
OGOHLANTIRISH
DIQQAT! Muzdan tushirish jarayonini tezlashtirish uchun mexanik asboblardan yoki boshqa uslublardan foydalanmang, ishlab chiqaruvchi
tomonidan tavsiya etilgan holatlar bundan mustasno
Sovutkich uskunasi ichida portlash xavfi boʻlgan obyektlarni, xususan ichida alangalanuvchi moddasi boʻlgan aerozol ballonlarini yigʻmang
va saqlamang.
Sovutkichning ichidagi yoritish tizimida biror-bir muammo yuzaga kelsa, muammoni bartaraf etish uchun bizning ixtisoslashgan servis
xizmatimiz bilan bogʻlaning, uni almashtirish ishlarini mustaqil ravishda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahsulotlarni sovutkichda saqlash boʻyicha maslahatlar
Issiq mahsulotlarni sovutkichda saqlash uchun joylashtirishdan oldin ular xona harorati darajasigacha sovutilishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlarini sovutkichga joylashtirishdan oldin ularni yuving yoki tozalang va ulardagi barcha suv tomchilarini quriting.
Sovutkichda saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari germetik ravishda yopilgan boʻlishi kerak. Bu mahsulotlardan namlik bugʻlanib chiqib
ketishini va oʻz oʻrnida ularning aynishini oldini oladi.
Saqlanadigan mahsulotlar turiga qarab ajratilishi lozim. Kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotlar tokchalarning oldi qismida joylashtirilishi
lozim. Bu holat sovutkich eshigini zaruriyatsiz ochib turilishi holatlarini oldini oladi, shuningdek mahsulotlarni iste’mol qilishni yoddan chiqarib
ularning yaroqlilik muddat oʻtib aynib qolishini oldini olishga yordam beradi.
Sovutkichning ichki plastigiga zarar yetishining oldini olish maqsadida, mahsulotlarni imkon qadar sovutkichning ichki devorlaridan biroz
uzoqroq masofada joylashtiring.
Sovutkichni haddan ziyod koʻp mahsulotlar bilan toʻldirib yuborish tavsiya etilmaydi. Mahsulotlar orasida ozgina masofa boʻlishi lozim, bu
sovuq havoning mahsulotlarni bir tekisda qamrab olishiga va saqlashda eng maqbul natijalarga erishishga imkoniyat beradi.
Yuqori namlikka ega boʻlgan mahsulotlarning sovutkichning ichki devorlariga tegib turgan holatda saqlamang. Aks holda mahsulotlar
sovutkich devoriga muzlab yopishib qolishi mumkin. Mahsulotlarni sovutkichning ichki devoridan biroz uzoqroq masofada joylashtiring.
Mahsulotlarning (ayniqsa tarkibida yogʻ boʻlgan mahsulotlarning) sovutkichning ichki devoriga tegib turishidan saqlaning, chunki ayrim
turdagi yogʻlar plastikka zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun yogʻsimon ifloslanishlar aniqlansa, ularni tozalab tashlagan yaxshi.
Muzlagan mahsulotlarni sovutkich boʻlmasida muzidan tushiring. Siz muzlagan mahsulotlarni sovutkichning haroratini pasaytirish uchun
sovutkichda saqlashingiz mumkin va bu bilan energiya tejalishiga yordam berishingiz mumkin.
Ayrim sabzavotlar, masalan, piyoz, sarimsoq, zanjabil (imbir) suv yongʻogʻi va boshqa ildizpoyali sabzavotlar uzoq vaqt davomida oddiy
haroratda saqlanishi mumkin. Ularni sovutkichda saqlash zaruriyati yoʻq.
Koboqchalar, qovun, papayya, banan, ananaslarning metabolizmi sovutkichda kuchayishi mumkin, shuning uchun ularni sovutkichda
saqlash tavsiya etilmaydi. Yashil mahsulotlarning ma’lum bir muddat sovutkichda saqlanishi ularning pishishini tezlashtirishi mumkin.
Kichik porsiyalarga kesilgan mahsulotlar tezroq soviydi va ularni muzidan tushirish va tayyorlash ham osonroq boʻladi. Har bir porsiyaning
tavsiya etiladigan ogʻirligi 2,5 kg dan kamroq boʻlishi tavsiya etiladi.
Mahsulotlarni muzlatish kamerasiga joylashtirishdan oldin ularni oʻrab olgan yaxshi. Oʻramning tashqi tomoni quruq boʻlishi kerak,
shuningdek oʻramlarning bir-biriga yopishib qolmasligiga harakat qiling. Oʻrash materiali hidsiz, havosiz, zaharli boʻlmasligi
va notoksik boʻlishi lozim.
Haddan tashqari koʻp miqdorda sarhil mahsulotlarni muzlatkichga joylashtirmang.
Energiyani tejash boʻyicha maslahatlar
Ushbu uskuna maishiy va shunga yaqin boʻlgan sharoitlarda foydalanishga moʻljallangan:
- doʻkonlar, ofislar va boshqa ishlab chiqarish sharoitlarida xodimlar uchun oshxona zonalarida;
- fermerlik inshootlarida va mehmonxonalarda, motellar va turar-joy turidagi boshqa infrastrukturalarda mijozlar
uchun;
- «yashab turish va nonushta» rejimidagi pansionlar sharoitida:
- savdo bilan bogʻliq boʻlmagan sharoitlardagi umumiy ovqatlanish va shunga oʻxshash tarmoqlarda.
Uskunani salqin, quruq, yetarlicha shamollatiladigan xonada joylashtiring. Ventilatsiya teshiklarini yopib qoʻymang.
Uskunaning hyech qaysi ventilatsiya teshiklarini va panjaralarini hyech qachon toʻsib quymang.
Uskuna eshigini mahsulotlarni joylashtirish yoki sovutkichdan chiqarish uchun juda uzoq muddatga ochib turmang. Eshikni ochib turish
vaqti qanchalik qisqa boʻlsa, muzlatish kamerasida shunchalik kam muz hosil boʻladi.
Harorat koʻrsatkichini zaruriysidan past boʻlgan holatga oʻrnatmang.
Sovutkichning asos qismida va uning yon devorlarida havo oʻtishi uchun yetarli joy boʻlishini ta’minlang.
Oʻrnatayotganda sovutkichning oʻng, chap, orqa va yuqorigi qismida masofa qoldiring. Bu energiya sarfini kamaytiradi va sizning elektr
quvvati uchun xarajatlaringizni kamaytiradi.
CCRN6200* / CCRN6180*
1) Boshqarish paneli (termostat)
2) Ichki chiroq
3) Tartibga keltiriluvchi rafchalar
4) SHishalar qo’yiladigan rafchalar
5) Meva va sabzavotlar uchun quti
6) Tuxumdon
7) Muzlatgich kamerasi qutilari
8) Tartibga keltiriluvchi oyoqchalar
ISHLATISHDAN AVVAL
Tavsif
Bu sxema siz xarid qilgan muzlatgichdan ozgina farq qilishi mumkin.
Joylashtirish oʻrni
Montaj qoidalari va shartlari:
Sovutgichni o’rnatish uchun eng yaxshi joyni tanlang: to’g’ridan-to’g’ri quyosh nuri
tushmaydigan, tekis taxta bo’lgan joy Sovutkich eshigini oson va qulay ochish mumkin boʻlgan
joyni tanlang.
Sovutkich tekis va qattiq yuzada joylashtirilishi lozim. Agar sovutgich beqaror, notekis
yuzaga joylashtirilgan bo’lsa, ichki sovutish tizimi ishlamay qolishi mumkin. Agar sovutkich notekis
yuzaga joylashtirilsa, taglik sifatida mustahkam va olovga chidamli materiallardan foydalanilishi
kerak. Agar sovutkich biroz nobarqaror boʻlsa, siz sovutkichning rostlanadigan oyoqchalarini soat
strelkasi yoʻnalishida boʻyicha yoki teskari yoʻnalishda aylantirgan holda uni uzaytirishingiz yoki
qisqartirishingiz mumkin.
Sovutkich eshigining toʻgʻri yopilishini ta’minlash uchun u biroz orqaga egilgan boʻlishi lozim
– bu konstruktiv oʻziga xos jihat.
Saqlash va tashish qoidalari
Oʻralgan sovutkich nisbiy namligi 80% dan ortiq boʻlmagan sharoitda, tabiiy shamollatishga
ega boʻlgan yopiq xonalarda vertikal holatda saqlanishi lozim.
Uzoq muddatga elektr tarmogʻidan uzilgan sovutkich ichidan barcha mahsulotlarni chiqarib
tashlab, muzlatish kamerasini muzdan tushirish va kameralarni tozalash kerak. Tozalangandan keyin,
kameralarda noxush hid paydo boʻlishini oldini olish uchun, sovutkichning eshiklarini biroz ochiq
qoldirish kerak
Sovutkichni vertikal holatda istalgan turdagi usti yopiq transportda, sovutkichni har qanday
ehtimoliy zarblar, surilib ketish va agʻdarilib tushishning yuzaga kelishini oldini olgan holda ishonchli
tarzda mahkamlab tashish mumkin.
Sotuv: Sotish shartlari mamlakatning mahalliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydalanishdan oldin tayyorlab olish
Oʻramini, penoplastli asosni va yopishqoq lentani, mahkamlovchi aksessuarlarni olib
tashlang. Ilova qilingan hujjatlar va aksessuarlarni tekshiring. Komplektatsiyada tafovut boʻlsa,
xarid qilingandan keyin 14 kun ichida magazinga murojaat qiling. Sovutkichni tegishli joyga surib
joylashtiring «Joylashtirish oʻrni» boʻlimiga qarang. Foydalanishdan oldin korpusni tozalash tavsiya
qilinadi. Sovutkichga oziq-ovqat mahsulotlarni joylashtirishdan oldin uning tashqi va ichki qismlarini

Содержание

Похожие устройства

Скачать