Samsung MS20A7013AB/BW черная [183/0] Foydali maslahatlar

Samsung MS20A7013AB [183/192] Foydali maslahatlar
O'zbek 39
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Parranda
Tovuq bo'laklari 500 g (2 dona) 180 Vt 14½-15½
Butun tovuq 900 g 180 Vt 28-30
Ko'rsatmalar
Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol idishga soling.
Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini alyumin folga bilan o'rang. Muzdan
tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 15-40 daqiqa kuting.
Baliq
Baliq filesi 250 g (2 dona)
400 g (4 dona)
180 Vt 6-7
12-13
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka bo'laklarini
qalinlarining tagiga joylashtiring. Ingichka qirralarini alyumin folga bilan o'rang.
Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-15 daqiqa kuting.
Mevalar
Reza mevalar 250 g 180 Vt 6-7
Ko'rsatmalar
Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan) idishga yupqa
qatlam qilib yoying. 5-10 daqiqa kuting.
Non
Bulochka (har biri
taxminan 50 g)
2 dona
4 dona
180 Vt ½-1
2-2½
Tost/Sendvich 250 g 180 Vt 4½-5
Nemischa non (bug‘doy
+ javdar uni)
500 g 180 Vt 8-10
Ko'rsatmalar
Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga bulochkalarni
aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan tushirish vaqtining yarmi
o'tishi bilan ag'daring. 5-20 daqiqa kuting.
Foydali maslahatlar
Qotgan asalni eritish
20 g qotgan asalni kichkina chuqur shisha idishga soling.
Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
Jelatinni eritish
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring.
Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
Qiyom tayyorlash (pishiriq va pechenye uchun)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan aralashtiring.
Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha 850 Vt quvvatdan
foydalanib 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
Jem tayyorlash
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli idishga soling.
Konservalash uchun 300 g shakar qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Ustini yopgan holda, 850 Vt quvvat bilan
10-12 daqiqa pishiring.
Tayyorlash paytida birnecha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina bankachalarga
soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
Puding/shirin krem tayyorlash
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan holda
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni
yopgan holda 850 Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
Bodom bo‘lakchalarini qizartirish
30 g bodom bo‘lakchalarini o‘rtacha o‘lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying.
600 Vt quvvatda 3½ dan 4½ daqiqagacha qizartirish paytida birnecha marta aralashtiring.
Pechda 2-3 daqiqa tursin. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!

Содержание

Похожие устройства

Скачать