Samsung ge 83 dtrqw-1 [162/192] O zbek 18

Samsung GE83MRTQS/BW [162/192] O zbek 18
O'zbek - 18
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
5
Tvorogli somsa
95 grammdan
2 dona
Tvorog - 90-100 g, un - 10 g, shakar (vanilla qo'shilgan
shakar) - 10 g, tuz - 0,5 g, tuxum – ¼ dona,
sariyog' - 5-10 g (yog'lash uchun)
Ko'rsatmalar
Yog'dan boshqa barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita tvorogli
somsa yasang. Tvorogli somsalarni yog' bilan yog'lang. Ularni mumlangan
qog'ozga joylashtiring va keyin gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang. Pech tovushli signal berganida tvorogli somsalarni ag'daring va
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
6
Pishloqli tostlar
40-60 g Tost noni - 2 pc. 26-28 grammdan,
pishloq - 2 dona 20 grammdan
Ko'rsatmalar
Ikkita tostni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
Pech tovushli signal berganida tostlarni ag'daring va ularning ustiga pishloq
bo'laklarini qo'ying. Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
7
Pishloqli
suxarilar
125 g (5 dona) Pishloq - 125 g (4-5 dona 25 grammdan),
tuxum - ½ dona, non mag'zi - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Pishloqni 5 sm x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga
kesing. Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari
seping. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan
qog'ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka qo'ying.
Tayyorlashni boshlang.
8
Moskvacha
baliq
270 g (1) Shampinon - 30 g, sudak biqin go'shti - 150g,
yog' - 5 g
(2) Smetana - 30 g (2 x 15 g)
(3) Dimlangan kartoshka dumaloq bo'lagi - 2 dona
60-70grammdan, tuz - 5 g, yanchilgan oq qalampir -
½ g, qirilgan pishloq - 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. Yog'dan
tomizing(1). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana
porsiyasining yarmini sopol tarelkaga soling (markaziga) (2). Shu smetanaga
qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing.
Baliq atrofiga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloq qo'yib
chiqing(3). Tayyorlash jarayonini davom ettiring
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
9
Qovurilgan
losos steyki
150-170 g Suyak va terisi bo'lgan losos steyki - 200-250 g, tuz - 1 g,
limon - 15 g (sharbat), o'simlik moyi - 5 g
Ko'rsatmalar
Losos steykiga ziravorilarni seping va yog' bilan yog'lang.
Tarelkaga joylashtiring. Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida steykni ag'daring.
Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
10
Olxo'ri
qoqili tovuq
oyoqchalari
325 g
2 dona
Yupqa to'g'ralgan piyoz - 15 g,
Yupqa to'g'ralgan sabzi - 20g, tovuq oyoqchasi - 2 dona
(160-180 g), qora olxo'ri - 5-7dona (50 g),
tovuq bulyoni yoki quruq konsentratli suv - 150 ml
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini ichi chuqir tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini
qo'ying, qora olxo'ri va bulon qo'shing. Tarelkani mikroto'lqinli pechga
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida
oyoqchalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
11
Xantal sousi
qo'shilgan
cho'chqa bo'yni
250 g (1) Cho'chqa bo'yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g,
yupqa piyoz - 20 g, tovuq bulyoni yoki quruq
konsentratli suv - 100 ml
(2) Sous uchun aralashma: Un - 5 g,
dijon xantali - 20 g, smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq
bulonini qo'shing. (1) Idishga quying. Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni
boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (2). Pech tovushli signal
berganida aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring va tayyorlash
jarayonini davom ettiring.
12
Sabzavotlar
bilan pishirilgan
forel
210-240 g Sariyog' - 5 g, yupqa sabzi - 35 g, yupqa piyoz - 25 g,
qiymalangan sarimsoq - 3 g, maydalangan selderey
barglari - 5 g, forel - 1 dona - 220-250 g, tuz - 1 g,
yanchilgan oq qalampir - ½ g, sariyog' - 5 g
Ko'rsatmalar
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz,
sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan
forelni qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan
yoping. Uni mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd 18 2015-01-29  9:25:09

Содержание

Похожие устройства

Скачать