Samsung me 83 drqw-1 [114/144] Mikroto lqinli pechni o rnatish

Samsung me 83 krqw-3 [114/144] Mikroto lqinli pechni o rnatish
O’zbek - 6
malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
Xavfsizlikni ta'minlash uchun elektr kabeli vilkasini
o'zgaruvchan tok tarmog'ining tegishlicha yerga
tutashtirilgan rozetkasiga ulang.
Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan,
oddiy oshxona plitasi yoki isitish radiatori yoniga
o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni
inobatga olish zarur va har qanday uzaytirgich pech
bilan birga yetkazib berilgan tarmoq shnurining xuddi
shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli
pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki
yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam latta bilan
arting.
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat
zarrachalari to'planishining oldini olish uchun uning
quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
• Pechning ichki va tashqi yuzalari
• Pech eshigi va eshik zichlagichlari
• Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
(Faqat aylanuvchi patnisli modelda)
DOIM eshik zichlagichlarini toza saqlang va
eshikning zich yopilishini nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning
xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va
xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-
joy binolarini ta'minlovchi past kuchlanishga ega
bo'lgan tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda
foydalanish uchun mo'ljallangan.
MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH
Pechni poldan taxminan 85 sm balandlikda yassi tekis
yuzaga o'rnating. Yuza pechning og'irligini xavfsiz
darajada ko'tarishi uchun yetarlicha mustahkam bo'lishi
kerak.
1. Pechni o'rnatish paytida, pechning
orqa va yon devorlari uchun kamida
10 sm (4 dyuym), ustki qopqog'i
uchun 20 sm (8 dyuym) joy qoldirish
bilan pech uchun normal ventilyatsiya
borligiga ishonch hosil qiling.
2. Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib
oling.
3. Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating.
Aylanuvchi patnis bemalol aylanishini tekshiring.
(Faqat aylanuvchi patnisli modelda)
4. Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan
osongina foydalanish mumkin bo'lgan tarzda
joylashtirilishi kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan
bo'lsa, xatarning oldini olish uchun u ishlab
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki
orqadan
10 sm
yuqoridan
20 sm
yon tomondan
10 sm
poldan
85 sm
ME83KRQW-1_BW_DE68-04285B-01_UZ.indd 6 2015-01-30  2:09:12

Содержание

Похожие устройства

Скачать