Samsung vr20h9050uw [106/112] Eslatmalar va ogohlantirishlar

Samsung vr20h9050uw [106/112] Eslatmalar va ogohlantirishlar
O‘ZBEK - 22
Eslatmalar va ogohlantirishlar
Zaryadlash
Izoh
Agar zaryadlash vaqtida batareyaning ortiqcha qizib
ketishi yuz bersa, zaryadlash ko‘proq vaqtni olishi
mumkin.
Avtomatik zaryadlash ishlamoyotgan vaqtda
quyidagilarni tekshiring.
Favqulodda holat peretklyuchatelini (POWERbot-ning
tag qismida) o‘chirib yoqing.
Zaryadlash qurilmasi shnurini rozetkadan uzing va
yana rozetkaga suqing.
Zaryadlash qurilmasi shtiftlarida begona narsalarning
yo‘qligini tekshiring, POWERbot va zaryadlash
qurilmasi zaryadlash shtiftlarini quruq latta bilan
tozalang.
Zaryadlash qurilmasi yaqinida qaytaruvchi buyumlar,
stullar kabi to‘siqlarning yo‘qligini tekshiring.
POWERbot zaryadlash qurilmasidan uzilganda
uning batareyasi tabiiy ravishda zaryadsizlanadi.
POWERbot-ni zaryadlash qurilmasida
zaryadlanayotgan holda saqlashga harakat qiling.
(Xizmat safari yoki ta‘til tufayli uydan uzoq muddatga
ketishni rejalashtirayotganingizda favqulodda holat
pereklyuchatelini o‘chiring va zaryadlash qurilmasini
rozetkaga tiqilmagan holda qoldiring.)
Foydalanilayapti
Izoh
Tozalash vaqtida POWERbot ostona kabilarga
tiqilib qolishi mumkin.
Ishlashni qaytadan boshlash uchun favqulodda holat
pereklyuchatelini o‘chiring, POWERbot-ni osongina
harakatlanishi mumkin bo‘lgan joyga ko‘chiring va
keyin elektr ta‘minotni qaytadan yoqing.
POWERbot burchaklar, devor bilan divan orasi kabi
o‘zi kira olmaydigan joyni to‘liq tozalay olmaydi.
Iltimos, ularni muntazam tozalab turish uchun boshqa
tozalash vositasidan foydalaning.
POWERbot kir to‘plamlarini so‘ra olmaydi, shuning
uchun tozalagandan keyin ularning ayrimlari polda
qolishi mumkin.
Iltimos, ularni muntazam tozalab turish uchun boshqa
tozalash vositasidan foydalaning.
Agar POWERbot o‘chirilgan bo‘lsa, elektr
ta‘minotini masofadan boshqarish pultidagi [Quvvat]
tugmasi orqali yoqib bo‘lmaydi. POWERbot-dagi
[Ishga tushirish/To‘xtatish] tugmasini bosing va
ushlab turing.
Agar Avto/Maks tozalash rejimi vaqtida batareya
zaryadi juda ozayib ketsa, POWERbot batareyani
zaryadlaydi va qolgan sohani tozalashni zaryadlab
bo‘lgandan keyin yakunlaydi. (Tozalashni takrorlash
chastotasi: 1 marta)
Zaryadlash vaqtida siz Maks/Qo‘lda tozalash
rejimini tanlay olmaysiz.
U Avto/Maks tozalash rejimida bo‘lgan vaqtida
POWERbot-ni keraksiz ravishda harakatlantirmang
yoki tugmalarni bosmang. U tozalashni tugallandi
deb hisoblaydi va tozalashni yana boshidan
boshlaydi.
Ishlayotgan POWERBOT atrofida yotmang.
Sochingiz quvvat chyotkasiga tiqilib qolishi va bu
jarohatga olib kelishi mumkin.
Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish
Izoh
Agar siz chang qopchasi va filtrni suv bilan yuvgan
bo‘lsangiz
Chang qopchasi: Suvni to‘liq artib tashlang.
Filtr: Foydalanishdan avval uni soya joyda to‘liq
quriting.
diqqat
Filtrni biriktirish yoki ajratish vaqtida
barmoqlaringizga ehtiyot bo‘ling, chunki ular chang
qopchasining havo so‘tish tirqishiga tiqilib qolishi
mumkin.
4_SR20H9050U-UZ_DJ68-00716N-00_EV.indd 22 2015-04-01 오후 8:55:48

Содержание