Samsung vr20h9050uw — xavfsiz foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar va ogohlantirishlar [89/112]

Samsung vr20h9050uw Инструкция по эксплуатации онлайн [89/112] 164118
O‘ZBEK - 05
•Batareyalarni qismlarga ajratmang va ularni yoqmang, chunki yuqori haroratlarda ular portlab
ketadi.
•Zaryadlash qurilmasini (stansiyasini) o‘zingizcha ochishga harakat qilmang. Ta‘mirlash faqat
xaridorlarni qo‘llab-quvvatlash markazining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi
kerak.
•Zaryadlash qurilmasini (stansiyasini) yuqori haroratlar ta‘siriga qo‘ymang yoki uning namlik yoki ho‘l
narsalarga tegishiga yo‘l qo‘ymang.
POWERbot
•Robotlashtirilgan changyutgich yordamida shisha, mix, vint, tangalar kabi qattiq va o‘tkir
buyumlarni yig‘mang.
•Changyutgichdan filtrsiz foydalanmang. Texnik xizmat ko‘rsatganda hech qachin barmoqlaringiz va
boshqa buyumlarni vetnilyator bo‘lmasiga tiqmang, chunki qurilma tasodifan ishga tushib ketishi
mumkin.
•Tirqishlarga hech qanday buyumlarni tiqmang. Qurilmadan tirqishlar to‘sib qo‘yilgan holda
foydalanmang, tirqishlarga chang, mum, sochlar va havo oqimiga qarshilik qilishi mumkin bo‘lgan
har qanday narsaning tushishiga yo‘l qo‘ymang.
•Changyutgich yordamida zaharli moddalarni (xlorli oqartirgich, ammiak, kanalizatsiya trubalari
tozalagichi va boshq.) yig‘mang.
•Yonayotgan va tutun chiqarayotgan narsalarni, masalan, tamaki, gugurt yoki issiq kul kabilarni
changyutgich yordamida yig‘mang.
•Robotlashtirilgan changyutgich yordamida benzin kabi oson o‘t oluvchi yoki yonuvchan moddalarni
yig‘mang hamda changyutgichdan ular bo‘lishi mumkin joylarda foydalanmang.
•Polda shamlar yoki stol chiroqlari bo‘lgan joylar.
•Qarovsiz olovlar (olov yoki qaynoq kul) bo‘lgan joylar.
•Distillangan spirt, erituvchilar, yonib turgan sigaretalar bilan kuldong kabilar bo‘lgan joylar.
•POWERbot-dan havosi tarkibida moyli bo‘yoq, erituvchi, hashorotlarga qarshi suyuqliklarning
bug‘lari yoki oson o‘t oluvchi changlar yoki boshqa portlovchi yoki zaharli bug‘lar mavjud bo‘lgan
yopiq xonalarda foydalanamang.
•Ko‘p foydalanilgan vaqtlarda va ekstremal haroratli sharoitlar ta‘siri ostida batareyalar oqib ketishi
mumkin. Agar batareya suyuqligi teriga tegsa, uni iloji boricha tezroq suv bilan yuvib tashlang.
Agar suyuqlik ko‘zga tushsa, uni kamida 10 daqiqa davomida toza suv bilan yaxshilab yuving.
Shifokorga murojaat qiling.
4_SR20H9050U-UZ_DJ68-00716N-00_EV.indd 5 2015-04-01 오후 8:55:36

Содержание

Ushbu ko'rsatmalar robotlashtirilgan changyutgich va zaryadlash qurilmasidan xavfsiz foydalanish uchun muhim tavsiyalarni o'z ichiga oladi. O'qing va xavfsizlikni ta'minlang.

Скачать