Samsung WW12H8400EX/LP [153/184] Pol qoplamasi

Samsung WW12H8400EX/LP [153/184] Pol qoplamasi
O’zbek - 13
O'RNATISH
Suvni chiqarish
Samsung kompaniyasi balandligi 60~90 sm bo'lgan vertikal trubadan foydalanishni tavsiya etadi. Suvni chiqarish shlangi qisqich bilan
vertikal trubaga bog'langan bo'lishi kerak, vertikal truba esa suv chiqarish shlangini to'laligicha qoplashi shart.
Pol qoplamasi
Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi uchun u tekis va qattiq sirtga o'rnatilgan bo'lishi kerak. Tebranishlarni va/yoki
muvozanatlashmagan yuklanishlarni kamaytirish uchun yog'och pollarni mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam qoplamalar va
kafelli pollar tebranishlarga yaxshi qarshilik ko'rsatmaydi va siqish rejimida kir yuvish mashinasining ozgina siljishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki noturg'un sirtlarga O'RNATMANG.
Suv harorati
Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang, chunki suv mashinasining klapanlari, nasoslari va/yoki
shlanglarida doimo ma'lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida qolgan muzlagan suv kamarlar, nasos va kir yuvish mashinasining
boshqa qismlariga shikast yetkazishi mumkin.
Tokcha yoki shkafga o'rnatish
Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:
Yon tomonlar bo'yicha 25 mm Orqadan 50 mm
Yuqoridan 25 mm Old tomondan 550 mm
Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga o'rnatilsa, tokcha yoki bo'lmaning old tomonida kamida 550 mm bo'lgan to'siqsiz havo
kirish tirqishiga ega bo'lishi kerak. Kir yuvish mashinasining o'zi uchun hech qanday maxsus havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.
Untitled-4 13 2014-07-14  3:39:36

Содержание

Скачать