Samsung WF1802WECS [134/176] Yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari

Samsung WF1802WECS [134/176] Yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari
2_ yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari


Yangi kir yuvish mashinangiz sizning kir yuvish to’g’risidagi tasavvurlaringizni
o’zgartiradi. O’zining katta sig’imi va quvvatlardan tejamkor tarzda foydalanishi
bilan yangi Samsung kir yuvish mashinasi uydagi kir yuvishni iloji boricha oson va
quvonchli ishga aylantirishga imkon beruvchi barcha funksiyalarga ega.
Quvvatlarni tejash
Pufakchalarni generatsiyalsh tizimi va invertorli Quiet Drive (Shovqinsiz ishlash) dvigatel
sababli, bu model, A sinfiga oid standart mashinalardan farqli o'laroq, elektr energiyasidan
yanada samarali foydalanishni ta'minlaydi.
VRT PLUS (Tebranishni susaytirish texnologiyasi, alohida
modellarda qo'llaniladi)
Samsung markasiga oid bu kir yuvish mashinasi juda shovqinsiz ishlaydi, mavjud bo'lgan
eng sust tebranishni ta'minlaydigan 3D tebranish datchiklarni aqlli boshqarish texnologiyasini
qo'llash sababli shovqinni pasaytiradi va tebranishni minimumga tushiradi.
Eco Bubble rejimida kir yuvish
Samsung markasidagi kir yuvish mashinalarining Eco Bubble ish rejimi yangi turdagi matolarni
ehtiyotkorlik bilan yuvgan holda yanada sifatliroq yuvish bilan ta’minlaydi. Eco Bubble rejimi kir
yuvish kukunini bir tekis taqsimlaydi va uni matolar ichiga tezroq va chuqurroq kiritadi.
• Ustki kiyimni yuvish dasturi
Sizning kir yuvish mashinangiz ust kiyimlaringizning ajoyib saqlanishini ta’minlanishini hisobga olgan
holda Samsung kir yuvish mashinasining Eco Bubble dasturidan foydalanish suv o’tkazmaydigan
kiyimlarni kamroq darajada eskirtirgan holda yuvishga imkon beradi. Eco Bubble dasturi tomonidan
hosil qilinadigan ko’pikli yoqtiqcha suv o’tkazmaydigan qatlamni zarbalar va ishqalanishlar tomonidan
yetkaziladigan shikastlanishlardan himoya qilgan holda ust kiyimning eng kam darajada eskirishini
ta’minlaydi hamda ehtiyotkorlik bilan muomala qilishni talab qiladigan boshqa matolarni himoya qiladi.
• Bolalar kiyimlarini yuvish jarayoni
Samsungning ushbu kir yuvish mashinasi bolalar va ta’sirchan teriga ega bo’lgan odamlarning kiyimlarini
qo’shimcha himoya bilan ta’minlovchi kir yuvish dasturini o’z ichiga oladi.
Ushbu dastur yuvilgan buyumlardagi kir yuvish kukunlari qoldiqlarini kamaytirish orqali bolalar terisining
qichishishlarini kamaytiradi. Bundan tashqari ushbu dasturda yuviladigan kirlar turlarga ajratiladi va
kir yuvish kirlarning o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi, shu bilan bolalar
kiyimlarining kiyilgan vaqtda bahr-dilni ochadigan darajada toza ko’rinishiga erishiladi.
• Qo’lda kir yuvish
Tegishli harorat, kerakli miqdordagi suv va kirlarga yumshoq ta’sir hisobiga ehtiyotkorona kir yuvishga
erishiladi.
WF1802XE-02967B-13_UZ.indd 2 2014/8/19 10:42:55

Содержание