Samsung WF1802WECS [160/176] Kir yuvish

Samsung WF1802WECS [160/176] Kir yuvish
 kir yuvish
Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish
Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik
boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi
kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra
o’zgartirishingiz mumkin.
 Vodoprovod jo’mragini oching.
 tugmasini bosing.
 Eshikchani oching.
 Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari
yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.
 Eshikchani yoping.
 Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish
vositalarni yuklab qo’ying.
Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins),
Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar),
Ежедневная (Kundalik yuvish) va Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish) dasturi
tanlangan hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki
kir yuvishdan foydalanish talab qilinadi.
 Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning:
Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Постельное белье (Ko’rpa-to’shak
anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish), Очистка
барабана Eco (Barabanni Eco tozalash), Интенсивная Eco (Intensiv Eco yuvish) , Верхняя
одежда (Ustki kiyimlar), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Стирка шерсти (Jundan
qilingan buyumlar), Ручная стирка (Qo’lda yuvish). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar
yonadi.
 Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar
soni va kir yuvishni qoldirish vaqtlarni tanlash mumkin.
  tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori
yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.
Pauza funksiyasi
Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.
 Eshikni blokdan chiqarish uchun  tugmasiga bosing.
Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin
emas.
 Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun 
tugmasini bosing.
Kir yuvish sikli tugaganida.
Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.
 Eshikchani oching.
 Kirni oling.
Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish
Sikllar ulagichini ishlatmasdan kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish mumkin.
 Vodoprovod jo’mragini oching.
 Kir yuvish mashinasini  tugmasini bosing.
 Eshikchani oching.

Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l
qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.
 Eshikchani yoping.
 Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish
vositalarni yuklab qo’ying.
 Kir yuvish haroratini tanlash uchun Температура (Harorat) tugmasini bosing. (Sovuq, 30°C,
40°C, 60°C, 95°C).
 Chayishning talab qilinayotgan siklar sonini tanlash uchun  tugmasini
bosing.
Eng ko’pi bilan beshta chayish sikllari mavjud.
Kir yuvish davomiyligi tegishli ravishda oshadi.
Kir yuvish
WF1802XE-02967B-13_UZ.indd 28 2014/8/19 10:43:05

Содержание