Samsung RZ-28 H61607F [57/72] To g ri foydalanish uchun qo shimcha maslahatlar

Samsung RZ-28 H61607F [57/72] To g ri foydalanish uchun qo shimcha maslahatlar
O'zbekcha - 9
TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO'YICHA MA'LUMOTLAR
sovitish kimyoviy moddasi yonib
ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin.
Agar suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq
olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega
narsalardan darhol uzoqlashing va
jihoz turgan xonani bir necha daqiqa
shamollating.
• Muzlatish tizimidan modda
oqib chiqish holatlari yuzaga
kelsa, yonuvchan gaz-havo
aralashmasining hosil bo'lishini
oldini olish uchun jihoz joylashtirilishi
mumkin bo'lgan xonaning o'lchami
foydalanilgan sovitish kimyoviy
moddasi miqdoriga ko'ra aniqlanadi.
Muzlatish kamerasida har qanday
shikastlanish holatlari aniqlansa, uni
yoqmang. Har qanday ikkilanish
holatlarida, jihoz tarqatuvchisi bilan
maslahatlashing. Muzlatish kamerasi
ichidagi har 8g R-600a sovutish
kimyoviy moddasiga xonada 1m³
ajratilishi lozim. Jihozingizdagi
sovitish kimyoviy moddasi miqdori
uning ichidagi identifikatsiya
yorlig'ida ko'rsatilgan.
TO'G'RI FOYDALANISH
UCHUN QO'SHIMCHA
MASLAHATLAR
Elektr ta'minoti uzilib qolgan hollarda
mahalliy elektr ta'minot kompaniyasiga
qo'ng'iroq qiling va usbu uzilish qancha
davom etishini so'rang.
- Bir yoki ikki soat ichida bartaraf etiladigan
elektr ta'minot uzilishlari muzlatish
kamerasidagi harorat ko'rsatkichlariga
ta'sir qilmaydi. Biroq, jihoz elektr toki
bilan ta'minlanmayotgan vaqtda, uning
eshigini kamroq ochib-yoping.
- Ammo elektr toki uzilishi 24 soatdan
ko'p davom etadigan bo'lsa, barcha
muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
chiqarib oling.
Agar muzlatish kamerasining kaliti
bo'lsa, uni bolalar qo'li yetmaydigan va
jihozdan uzoqroq joyda saqlash kerak.
Jihoz harorati jihoz ishlashi mo'ljallangan
harorat diapazoning quyi chegarasaidan
past haroratga ega joyda uzoq
vaqt davomida saqlansa, barqaror
ishlamasligi (ichidagi mahsulotlarning
muzlamasligi yoki muzlatilgan
mahsulotlar bo'linmasidagi harorat juda
iliq bo'lib qolishi) mumkin.
Ushbu muzlatish kamerasi devorlarida
muzlar paydo bo'lmaydi va shuning
uchun bu jihozni qo'lda eritishning hojati
yo'q. Bu jarayon avtomatik ravishda
bajariladi.
Muzni eritish vaqtida harorat ko'tarilishi
Jahon standartlashtirish tashkiloti
talablariga muvofiq keladi. Biroq
muzlatish kamerasining erish vaqtida
muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari
haroratining ko'tarilishi oldini olmoqchi
bo'lsangiz, muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini bir necha qavat gazetaga
o'rang.
Muzdan eritish vaqtida muzlatilgan oziq-
ovqat mahsulotlari haroratining ko'tarilib
DA68-03009L-06.indb 9DA68-03009L-06.indb 9 2017. 2. 7.  4:512017. 2. 7.  4:51

Содержание

Похожие устройства

Скачать