Атлант МХ 2823 [11/16] S ov u tg i c h n i n g tavs i f i

Атлант МХ 2823 [11/16] S ov u tg i c h n i n g tavs i f i
11
UZB
1 SOVUTGICHNING TAVSIFI
1.1 Sovutgich 1 rasmiga muvofiq SKda yangi sarhal oziq-ovqatlarni
sovutish, qisqa muddatga saqlash; yangi sarhal oziq-ovqatlarni muzlatish,
muzlatilgan oziq-ovqatlarni uzoq muddatga saqlash va muzxona bo‘limida
iste’mol qilinadigan muz tayyorlash uchun mo‘ljallangandir.
1.2 Sovutgichdan plus 16 °С dan plus 32 °С gacha bo‘lgan atrof-muhit
haroratida foydalanish lozim.
1.3 Sovutgichdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan maydon sathi 2 rasmida
millimetrlarda ko‘rsatilgan tashqi o‘lchamlar bilan belgilanadi. Sovutgichdan
tarkibiy qismlarini hech qanday to‘siqsiz chiqarib olish uchun uning eshigi 90°
dan kam bo‘lmagan burchak ostida ochilishi kerak.
1.4 Sovutgichning haroratini boshqarish moslamasi 3 rasmiga muvofiq
sovutgich niqobi ostida joylashgan haroratni boshqarish muruvatidan
(bundan keyin – muruvat) iborat. Muruvat soat mili bo‘yicha va unga qarshi
buraladi hamda raqamli bo‘linmalarga ega. «1» bo‘linmasi kameradagi eng
yuqori haroratga muvofiq keladi (eng kam sovutish), «7» bo‘linmasi esa – eng
past haroratga (eng ko‘p sovutish). Haroratni boshqarish uchun muruvatning
tegishli bo‘linmasi ko‘rsatkich ostiga qo‘yilishi lozim.
2 SOVUTGICHDAN FOYDALANISH
2.1 BIRINCHI MARTA YOQISH
2.1.1 Sovutgichni elektr tarmog‘iga ulash: quvvat yetkazish shnuri ayrisini
rozetkaga tiqish lozim.
Sovutgich eshigi ochiladi. Birinchi marta yoqishda 3 rasmiga muvofiq
muruvatning «3» yoki «4» bo‘linmasi ko‘rsatkich ostiga qo‘yilishi tavsiya qilinadi.
Zarur bo‘lsa muruvat yordamida harorat sozlanadi. Sozlanganidan so‘ng
Agar sovutgich sozlangandan yoki foydalanish shartlari o’zgargandan keyin
kompressor to’xtovsiz ishlashni boshlasa, g’ildirakchani raqamli bo’linishlar
kamayishi tomonga haroratni nazorat qiluvchi moslamaning chertki berishigacha
(ChIQ) burash lozim. Sovutgichdagi harorat avtomat ravishda ushlab turiladi.
1 rasmi – Sovutgich va tarkibiy qismlari
I – sovutish kamerasi (SK);
II – muzlatish bo‘limi
2.2 SK AVTOMATIK ERISH TIZIMI
2.2.1 SKda avtomatik erish tizimi qo‘llaniladi. Davriy ishlovchi kompressor
o‘chirilganidan so‘ng SKning orqa devorida paydo bo‘ladigan qirov erib, suv
tomchilariga aylanadi. Erigan suv tomchilari 4 rasmiga muvofiq ariqchaga,
undagi teshik orqali quvurchaga quyilib, kompressordagi idishga tushadi va
bug‘lanadi.
Suv to‘kish tizimining tiqilib qolishi oldini olish uchun ariqcha teshigiga
simcho‘tka o‘rnatilgan.
2.2.2 Doimiy ravishda (kamida har 3 oyda 1 marta) ariqcha tozaligini va
ariqchada suv to‘planib qolmaganligini tekshirib turish zarur.
Ariqchada suv to‘planib qolishi suv to‘kish tizimining tiqilib qolganligidan
darak beradi. Tiqilganlikni bartaraf etish va suv hech qanday to‘siqsiz idishga
oqib tushishi uchun ariqcha teshigini simcho‘tka bilan tozalash, simcho‘tkani
yuvish va 4 rasmiga muvofiq o‘rnatish lozim.
Sovutgichdan tiqilib qolgan suv to‘kish tizimi bilan foydalanish
TA’QIQLANADI. SK tagida paydo bo‘lgan yoki 4 rasmiga muvofiq, SK ichki
shkafi va old taraf plankasi tutashgan joyga tushib qolgan suv Sovutgich
tashqi shkafining chirishiga, issiqlik izolatsiyasini buzilishiga, ichki shkafda
yoriqlar paydo bolishi hamda sovutgich shkafi ishdan chiqishiga olib kelishi
mumkin.
2.3 YANGI SARHAL OZIQ-OVQATLARNI MUZXONA BO‘LIMIDA
MUZLATISH
2.3.1 Oziq-ovqatlarni sifatli muzlatish uchun ularni muzxona bo‘limiga
joylashtirishdan kamida 18 soat avval muruvat ko‘rsatkichga nisbatan kattaroq
bo‘linmaga qo‘yilishi kerak (1 yoki 2 birlikka).
2.3.2 Yangi sarhal oziq-ovqatlarni muzxona bo‘limining yon devoriga
bevosita tekkizgan xolatda muzlatish tavsiya qilinadi.
2.3.3 Oziq-ovqatlarni muzxona bo‘limiga joylashtirgandan so‘ng uning
eshigini dastak orqali chiqillash sezilguncha yopish zarur.
2 rasmi – Sovutgich (tepadan ko‘rinish)
3 rasmi – Haroratni boshqarish
ko‘rsatkichmurvat
idish (meva va
sabzavotlar
uchun)
shisha tokcha
(pastki)
shisha tokcha
qopqoqli idish
tuxumlar uchun
bo‘linma
cheklagich (kichik)
to‘siq-tokcha
cheklagich (katta)
to‘siq
I
II
orqa tirgak
simcho‘tka muz uchun qolip
670
1210
90
0
690 min
695 min
havo aylanishi uchun
zarur boʻlgan boʻshliq
orqa tirgak
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Содержание

Скачать