Samsung GALAXY Grand GT-I9082 [533/558] Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar zaryadlash qurilmalari aksessuarlar va ta minotdan foydalaning

Samsung GALAXY Grand GT-I9082 [533/558] Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar zaryadlash qurilmalari aksessuarlar va ta minotdan foydalaning
O'zbek
532
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida
foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bolishi
mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash
qurilmalari, aksessuarlar va taminotdan foydalaning
• Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning
xizmat korsatish muddatini qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi
mumkin. U yongin kelib chiqishiga yoki batareyaning portlashiga sabab
bolishi mumkin.
• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun
moljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos
kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar
yetkazishi mumkin.
• Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlardan yoki taminotlardan
foydalanayotgan vaqtda foydalanuvchi xavfsizligi uchun javobgar bola
olmaydi.
Qurilma yoki zaryadlash qurilmasini tushirib yubormang va
zararlamang
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va
joylashtiring
• Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki
batareyalarni mikrotolqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan
qurilmalar ustiga yoki ichiga qoymang. Qurilma qiziganda portlab ketishi
mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy
qonunlarga rioya qiling.
• Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.
• Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv
yoki qizib ketishga sabab bolishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan
himoyalang
• Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.
• Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va
batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.
• Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yol qoymang, chunki
bu batareyaning + va – terminallari ortasidagi tutashishni yuzaga keltiradi
yoki batareyani zararlaydi.
• Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.

Содержание