LG 50PB560U [105/164] Xavfsizlik texnikasi bo yicha korsatmalar

LG 50PB560U [105/164] Xavfsizlik texnikasi bo yicha korsatmalar
O’ZBEKISTON
3
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR
Iltimos, mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu xavfsizlik ehtiyot choralarini diqqat bilan o’qib chiqing.
DIQQAT
Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi joylamuhitlarda muhitlarda:
- To’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari tushadigan joyda
- Namlik yuqori bo’lgan joylar, masalan, hammomda
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar
yaqiniga
- Oshxona pechtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqiniga, bu yerda ular osongina bug’
yoki moy ta’sirida qolishlari mumkin
- Yomg’ir yoki shamol mavjud joylarda
- Vaza singari suv idishlari yaqinida
Aks holda bu yong’in, elektr toki urishi, texnik nosozlik yoki mahsulot deformatsiyasiga
olib kelishi mumkin.
Mahsulotni changlar ta’siriga uchrashi mumkin bo’lgan joylarga qo’ymang.
Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin
Elektr tarmog’iga ulash shnuri vilkasi bu televizorni o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulo-
vchi/tarmog’idan uzuvchi qurilmadir. Televizor foydalanishda bo’lgan vaqtda ushbu
vilka mustahkam ulangan va ishlaydigan holatda bo’lishi kerak.
Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang. Bundan tashqari,
agar kabel kontaktlari ho’l yoki chang bilan qoplangan bo’lsa, vilkani to’liq quriting
yoki changlarni artib tashlang.
Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.
Elektr tarmog’iga ulash kabelining yerga mahkamlangan mos rozetkaga ulangan-
ligiga ishonch hosil qiling. (Yerga mahkamlash talb qilinmaydigan qurilmalardan
tashqari.) Aks holda sizni elektr toki urishi yoki shikastlanishingiz xavfi mavjud
bo’ladi.
Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini devordagi rozetkaga to’liq kiriting, aks holda
rozetkaga mustahkam biriktirilmagan hollarda yong’in uchqunlari chiqishi mumkin.
Quvvat manbaiga ulash shnurining isitgich kabi issiq buyumlarga tegib turmaganli-
giga ishonch hosil qiling.
Bu yong’in yoki elektr toki urishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash kabellarining ustiga og’ir jismlarni yoki mahsulotning o’zini
qo’ymang.
Aks holda bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Содержание