LG 50PB560U [107/164] Ehtiyot bo ling

LG 50PB560U [107/164] Ehtiyot bo ling
O’ZBEKISTON
5
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KORSATMALAR
Ushbu jihozga hech qanday ta’sir, zarbaning bo’lishiga yoki ustiga buyumlarning
tushib ketishiga yo’l qo’ymang hamda ekranga hech narsani tashlab yubormang.
O’zingiz jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.
Momoqaldiroq yoki chaqmoq vaqtida mahsulot yoki antennaga tegmang.
Sizni elektr toki urishi mumkin.
Gaz chiqishi sodir bo’lgan hollarda devordagi rozetkaga tegmang, oynalarni oching
va xonani shamollating.
Uchqun orqali yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin.
Mahsulotni o’zingiz bilgancha qismlarga ajratmang, ta’mirlamang yoki o’zgartirmang.
Yong’in yoki elektr toki urishi ko’ngilsiz hodisasi sodir bo’lishi mumkin.
Tekshirish, kalibratsiya qilish yoki ta’mirlash uchun xizmat ko’rsatish bo’limiga muro-
jaat qiling.
Quyidagilardan birortasi sodir bo’lgan hollarda mahsulotni darhol elektr tarmog’idan
uzing va mahalliy xizmat ko’rsatish bo’limiga murojaat qiling.
- Mahsulot zarba ta’sirida qolgan da
- Mahsulotga zarar yetganda
- Mahsulotga begona buyumlar kirib qolgan da
- Mahsulotdan tutun yoki notabiiy hid chiqqanda
Bu yong’in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Agar televizordan uzoq muddat foydalanishni rejalashtirmasangiz, o’zgaruvchan tok
tarmog’i rozetkasidan uzib qo’ying. Changlarning to’planishi yong’in xavfini keltirib
chiqarishi va izolyatsiyaning yemirilishi elektr tokining ortiqcha sarfiga, zarbiga va
yong’inga olib kelishi mumkin.
Jihozga suyuqliklar tomib turmasligi yoki sachramasligi hamda vaza singari suyuqlik
tbilan to’ldirilgan buyumlar jihoz ustiga qo’yilmasligi kerak.
Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta’siriga uchrashi mumkin bo’lsa, uni devorga o’rnatmang.
Bu mahsulotni buzishi va uning tushib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
EHTIYOT BO’LING
Mahsulotni radio to’lqinlar ta’siri yo’q joylarga o’rnating.
Antenna tushib ketgan hollarda uning elektr simlari ustiga tushishini oldini olish uchun
tashqi antenna va elektr simlari orasida yetarlicha masofa bo’lishi kerak.
Bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Содержание