Samsung BRB267050WW [166/180] Ishlatish amallari

Samsung BRB267050WW [166/180] Ishlatish amallari
Ishlatish amallari
O'zbek46
Ishlatish amallari
02 Muzxona / Kuchli muzlatish (3 son) / Sovitishni tanlash+ (3 son)
Freezer
(Muzxona)
Freezer (Muzxona) tugmasidan muzlatgich haroratini o’rnatish uchun
foydalaniladi.
Mavjud harorat oralig’i -15 °C va -23 °C (standart: -19 °C).
IZOH
Sovitishni tanlash+ rehimida haroratni o’zgartira olmaysiz.
Power Freeze
(Kuchli muzlatish)
Kuchli muzlatish rejimida ventilyator maksimal tezlikda aylanib, muzlatish
jarayonini tezlashtiradi. Muzxona 50 soat davomida maksimal tezlikda
ishlaydi va avvalgi haroratga qaytadi. Katta miqdordagi oziq-ovqatni
muzlatish uchun Kuchli muzlatish rejimini oziq-ovqatni muzxonaga solishdan
kamida 20 soat oldin yoqib qo‘yish lozim.
1-tur
Kuchli muzlatish funksiyasini yoqish uchun -23 °C haroratni tanlang va
Freezer (Muzxona) tugmasini bosib, Kuchli muzlatish bandini tanlang.
Tegishli chiroq ( ) yonadi va muzlatgich muzlatish jarayonini siz uchun
tezlashtiradi.
Kuchli muzlatish jarayoni tugallangach, tegishli indikator o‘chadi va
muzxona avvalgi harorat sozlamasiga qaytadi.
Kuchli muzlatish funksiyasini o‘chirish uchun Freezer (Muzxona) tugmasini
qaytadan bosing.
Muzxona avvalgi o’rnatilgan haroratga qaytadi.
2-tur
Kuchli muzlatish funksiyasini yoqish uchun Freezer (Muzxona) tugmasini
3 soniya bosib turib, Kuchli muzlatish bandini tanlang.
Tegishli chiroq ( ) yonadi va muzlatgich muzlatish jarayonini siz uchun
tezlashtiradi.
Kuchli muzlatish rejimini o‘chirish uchun Freezer (Muzxona) tugmasini
yana 3 soniya bosib turing.
Muzxona avvalgi o‘rnatilgan haroratga qaytadi va indikator o‘chadi.
IZOH
Kuchli muzlatish rejimidan foydalanganda, quvvat iste‘moli oshadi. Agar
sizda undan foydalanish zarurati bo’lmasa uni o’chirib avvalgi haroratga
qaytarishga unutmang.
Untitled-6 46 2021-04-06  4:07:39

Содержание