Samsung VR30T85513W [61/76] Ishlashi va qarov

Samsung VR30T85513W [61/76] Ishlashi va qarov
O‘zbek
O‘zbek 3
Ishlashi va qarov
A. O‘rnatish
IZOH
Tozalash stansiyasini pol bilan devor tekis
joyga o‘rnating.
Agar quvvat shnuri oʻrnatiladigan muhit
uchun haddan ziyod uzun boʻlsa, kabelni
boshqarish posti atrofiga oʻrab qoʻying,
soʻngra uni Tozalash stansiyasining orqa
tomonidagi qotirish teshigiga kiriting.
Agar siz Tozalash stansiyasini avvalgi joyidan
1 metr yoki undan koʻproq uzoqlikdagi joyga
qaytadan oʻrnatsangiz, SmartThings ilovasi
yordamida xaritani qaytadan tuzing. (Agar
mavjud xaritadan foydalansangiz, ayrim
joylar tozalanmasligi mumkin).
B. Jet Botdan foydalanish
B-1 Jet Botni quvvatlash
Zaryadlash
Jet Botning ustki qopqogʻini oching va oq
qistirmani olib tashlang.
Jet Bot yon tomonidagi quvvat tugmasiga
biriktirilgan sariq qistirmani olib tashlang
va Jet Botni yoqish uchun quvvat tugmasini
bosing.
Quvvatlashni boshlash uchun Jet Botni
Tozalash stansiyasi ustiga qoʻlda joylang.
- Jet Bot quvvat olishni boshlaganida,
Tozalash stansiyasining Holat indikatori
oq rangda boʻladi va 1 daqiqadan soʻng
Holat indikatori avtomatik ravishda
oʻchadi. (Holat indikatori oʻchirilgan boʻlsa
ham quvvatlash davom etadi).
Zaryadlanish holatini tekshiring.
- Quvvatlash boshlanganida, Jet Botning
Holat indikatori yonadi (quvvatlash
davom etishiga qarab qizil, sabzirang yoki
sariq), u sekinlik bilan oʻzgarib boradi va
quvvat olish tugaganida yashil rangga
kiradi.
Ulanish (Quvvatlash)
Quvvat olish uchun siz tozalash paytida
ham Jet Botni Tozalash stansiyasiga
qaytarishingiz mumkin.
- Quvvat olish funksiyasini tanlash uchun
Jet Botdagi [
] tugmasini bosing yoki
SmartThings ilovasidan foydalaning.
B-2 Tozalashni boshlash
Avtomatik tozalash rejimida tozalashni
boshlash uchun Jet Botdagi [
] tugmasini
bosing.
Tozalash paytida ishni toʻxtatish uchun Jet
Botdagi [
] tugmasini bosing.
- [ ] tugmasini bosganda Jet Bot Tozalash
stansiyasiga qaytadi va quvvat olishni
boshlaydi.
C. Jet Botni tozalash
Texnik xizmat koʻrsatishdan oldin, siz Jet
Botning yon tomonidagi quvvat tugmasini
oʻchirishingiz lozim.
C-1 Changqutini bo‘shatish va tozalash
Filtr va Changutidagi changni olib tashlang,
uni suv bilan yuving va soyada toʻliq
quriting.
C-2 Cho‘tkani tozalash
C-3 Datchik oynasini tozalash
Datchik oynasini yumshoq mato bilan arting.
C-4 Yetaklovchi g‘ildirakni tozalash
C-5 Aylanadigan cho‘tkani tozalash
Aylanadigan choʻtkani issiq parlangan mato
bilan 10 sekund yopib qoʻying va soʻngra
Aylanadigan choʻtkani arting.
D. Tozalash stansiyasini tozalash
Tozalash stansiyasini tozalashdan oldin
quvvat shnurini elektr rozetkadan sugʻurib
oling.
D-1 Chang qopini almashtirish
D-2 Mayda changlar filtrini tozalash
Mayda changlar filtrini suv bilan yuvmang.
IZOH
Mayda changlar filtri samarali ishlashi uchun
har yili kamida bir marta almashtiring.
Foydalanish va tozalashning
batafsil usullari borasida QR-
kodga murojaat qiling.

Содержание

Скачать