Samsung QE55QN95BAU [29/44] Qutida nima bor

Samsung QE65QN700BU [29/44] Qutida nima bor
01 Qutida nima bor?
Televizor to‘plamida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Birortasi yetishmasa, dilerga murojaat qiling.
Samsung Smart masofadan boshqarish pulti
Foydalanuvchi qo‘llanmasi
Kafolat kartasi / Me’yoriy hujjat (ayrim mamlakatlarda yo‘q)
One Connect qurilmasi
One Connect qurilmasi elektr kabeli
Kabel One Connect x 2
One Connect kabel bog‘ichi (kronshteyn uchun)
Modeliga bog‘liq ravishda anjomlarning rangi va shakli
turlicha bo‘lishi mumkin.
Kabellar to‘plamga kirmaydi, ularni alohida xarid qilish
mumkin.
Qutini ochganda ayrim anjomlar o‘rama orqasiga yoki ichiga
berkinib qolishi mumkin.
Ogohlantirish: Ekran ehtiyot qilinmasa, bevosita
bosish tufayli shikastlanishi mumkin. Televizorni
ko‘rsatilganidek qilib chetlaridan ko‘tarishni
maslahat beramiz. Batafsil axborot uchun jihoz
bilan birga kelgan O’rnatish bo’yicha qisqacha
qo’llanma bilan tanishib chiqing.
Bu ekranga
teginmang!
One Connect kabel bog‘ichini ishlatish
Kronshteynni o‘rnatayotganda One Connect kabel bog‘ichi
yordamida kabellarni yig‘ishtirib qo‘yish mumkin.
02 Televizorni One Connect
qurilmasi bilan ulash
One Connect qurilmasi orqali qanday ulash to‘g‘risida batafsil
ma’lumotlar olish uchun O’rnatish bo’yicha qisqacha qo’llanma
ga qarang.
One Connect qurilmasi oyogʻi osmondan yoki
tik holatda ishlatilmasligi kerak.
Kabelga nisbatan quyidagilardan ehtiyot
boʻling. Kabel One Connect tarkibida elektr
zanjiri mavjud.
Bukish Burash Tortish
Bosish Tok urishi
03 Dastlabki sozlash
Televizorni ilk bor yoqqaningizda darhol dastlabki sozlash
ishga tushadi. Ekranda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarni bajaring va
televizorning asosiy parametrlarini ko‘rish muhitingizga sozlang.
Televizor boshqaruvi ishlatish
Televizor tagidagi Televizor boshqaruvi tugmasi bilan yoqib, keyin
Boshqaruv menyusi ishlatish mumkin. Televizor ishlab turganida
Televizor boshqaruvi tugmasini bossangiz, Boshqaruv menyusi
menyusi ko‘rsatiladi.
SAMSUNG logotipi ustidagi yoki televizorning pastki
qismidagi himoya plyonkasi olib tashlanmagan bo‘lsa, ekran
qorong‘u ko‘rinishi mumkin. Himoya plyonkasini olib tashlang.
Boshqaruv menyusi
Televizor boshqaruvi tugmasi / Pult datchigi / Mikrofon
tugmasi
O'zbekcha - 5
O'zbekcha

Содержание

Похожие устройства

Скачать