Samsung QE55QN95BAU [30/44] Nosozlikni hal qilish va profilaktika

Samsung QE55QN95BAUXCE [30/0] Nosozlikni hal qilish va profilaktika
Mikrofon qanday yoqiladi va o‘chiriladi
O‘chiqYoniq
TV quyi qismidagi tugma bilan mikrofonni yoqish yoki o‘chirish
mumkin. Agar mikrofon o‘chirilsa, mikrofondan foydalanadigan
ovoz va tovush funksiyalari ishlamaydi.
Mikrofon tugmasining joylashuvi va shakli modeliga qarab
farq qilishi mumkin.
Mikrofondan olingan axborotlar yordamida tahlil qilish
paytida axborotlar saqlanmaydi.
04 Nosozlikni hal qilish va
profilaktika
Nosozliklarni hal qilish
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Elektron qo'llanmadagi
"Nosozliklarni hal qilish" yoki "Savol-javob" qismiga qarang.
> Menyu > Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash >
e-Manual-ni ochish > Nosozliklarni hal qilish yoki Savol-javob
Agar nosozliklarni bartaraf qilish bo'yicha maslahatlarning hech
biri to'g'ri kelmasa, "www.samsung.com" ga tashrif buyuring va
"Qo'llab-quvvatlash" ni bosing yoki Samsung xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
TFT LED paneli subpiksellardan tashkil topgan bo‘lib, ularni
ishlab chiqarish uchun ilg‘or texnologiya kerak. Shunda
ham ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo‘lishi
mumkin. Bu piksellar jihozning ishlashiga hech qanday ta’sir
ko‘rsatmaydi.
Televizorni optimal holatda tutish uchun dasturiy ta’minotini
yangilang. TV menyusidagi Hozir yangilash yoki Avtomatik
yangilash funksiyalarini ishlating (
> Menyu >
Parametrlar > Qo'llab-quvvatlash > Dasturiy ta'minot
yangilanishi > Hozir yangilash yoki Avtomatik yangilash).
Televizor yonmayapti.
One Connect qurilmasi elektr kabeli One Connect qurilmasi
va devordagi rozetkaga mustahkam tiqilganiga ishonch hosil
qiling.
Rozetka ishlayotganini va televizorning pastki qismidagi pult
datchigi qizil rangda yonib turganini tekshiring.
Muammo pultda emasligiga ishonch hosil qilish uchun
televizorning pastki qismidagi Televizor boshqaruvi tugmasini
bosib ko‘ring. Agar TV yoqilsa, "Masofadan boshqarish pulti
ishlamayapti" bo‘limiga qarang.
Masofaviy pult ishlamayapti.
Pultdagi tugmasini bosganingizda televizorning quyi
qismidagi pult datchisi oʻchib-yonishini tekshiring.
Pultning batareya zaryadi tugasa, USB zaryadlash porti (C
turi) orqali batareyani zaryadlang yoki quyosh batareyasiga
nur tushishi uchun pultni ag‘daring.
Pultni televizor roʻparasida, 1,5-1,8 metr uzoqlikda tuting.
Agar televizor bilan birga Samsung Smart masofadan
boshqarish pulti (Bluetooth pult) kelgan bo‘lsa, uni televizorga
bog‘lashni unutmang. Samsung Smart masofadan boshqarish
pulti juftlash uchun
va tugmalarini birga 3 soniya bosib
turing.
Eco Sensor va ekran yorqinligi
Eco Sensor televizor yorqinligini avtomatik rostlaydi. Bu funksiya
xonadagi yorug‘likni o‘lchab, elektrni tejash maqsadida televizor
yorqinligini avtomatik tarzda optimallashtiradi. Bu funksiyani
o‘chirish:
> Menyu > Parametrlar > Barcha parametrlar
> Umumiy va maxfiylik > Quvvat va energiya tejash > Ravshanlikni
optimallashtirish.
Eco sensori televizorning tagida joylashgan. Sensorni birorta
buyum bilan to‘sib qo‘ymang. Oqibatda tasvir yorqinligi
pasayishi mumkin.
O'zbekcha - 6

Содержание

Похожие устройства

Скачать