Samsung Jet Bot + (VR30T85513W) [65/76] Xavfsizlik ma lumoti

Samsung VR30T85513W [65/76] Xavfsizlik ma lumoti
O‘zbek
O‘zbek 7
• Jet Bot tiqilib qolishi mumkin boʻlgan juda
past joylarda SmartThings ilovasi bilan
Borib bo‘lmas hududlarni o‘rnating yoki
Jet Bot kirib ketmasligi uchun Chegara
belgilarini biriktiring.
• Tozalash stansiyasini poli qora polli joyga
o‘rnatmang.
- Agar Tozalash stansiyasi atrofidagi pol
qora bo‘lsa, zaryadlashga xalaqit berishi
mumkin.
• Tozalashdan oldin Jet Botning yurishiga
xalaqit beradigan to‘siqlarni olib tashlang
(masalan, bolalar arg‘imchog‘i yoki tepaligi).
• Jet Bot burilish radiusidan 0,5 metr
yoki undan tor bo‘lgan joyda Jet Botni
ishlatmang.
• Jet Botni ishlatishdan oldin sinishi mumkin
bo‘lgan buyumlar, jumladan, shisha,
ramka, ko‘zgu va chinni buyumlarni olib
tashlang, shunda Jet Bot ishlashiga xalaqit
berilmaydi.
• Cho‘tka yoki cho‘tka qopqog‘i joyiga to‘g‘ri
o‘rnatilmasa, polni qirishi mumkin yoki
jihoz noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
• Mahsulotni olib yurganda ikkala qo‘lingizni
ishlating.
• Tozalash stansiyasini odamlar koʻp
o‘tadigan joyga, kirish joyi yaqiniga yoki tor
yo‘lakka qoʻymang.
- Oʻtayotgan odamlar qoqilib tushishlari
yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.
• Tozalash stansiyasini itarmang.
Ishlatish paytida
OGOHLANTIRISH
• Jet Botdan g‘ayritabiiy tovush, hid yoki
tutun chiqsa, darhol Jet Botning quvvat
tugmasini o‘chiring va texnik xizmat
markaziga murojaat qiling.
DIQQAT
• Jet Bot qalin gilam ustida ishlatilsa, Jet
Botga ham, gilamga ham zarar yetishi
mumkin.
- Jet Bot qalinligi 2 santimetrdan yuqori
gilamlar ustidan oʻta olmaydi.
• Jet Botni stol ustida yoki boshqa tepa
joylarda ishlatmang.
- Tushib ketsa, shikast yetishi mumkin.
• Jet Bot stul yoki stol oyoqlariga urilib
ketishi mumkin, shuning uchun tezroq va
samarali tozalash uchun ularni olib qo‘ying.
• Jet Bot ishlab turganida uni ko‘tarmang
yoki boshqa joyga olib bormang.
• Boshqa joyga ko‘chirganda Jet Bot’ning
yetaklovchi g‘ildiraklaridan ko‘tarmang.
• Jet Bot ustiga hech qanday buyumlarni
qoʻymang, chunki bu LiDAR datchigi yoki
Jet Botning notoʻgʻri ishlashiga olib kelishi
mumkin.
• Jet Bot’dan foydalanayotganda katta qog‘oz
yoki plastik paketlarni darhol olib qo‘ying,
chunki ular havo so‘rilishini to‘sib qo‘yishi
mumkin.
• Ishlayotgan Jet Bot atrofida yotmang.
- Cho‘tkaga sochingiz kirib qolib, jarohat
yetishi mumkin.
• Bolalar Jet Bot bilan oʻynashiga yoʻl
qoʻymang.
• Soch, barmoqlar, kiyimlar aylanuvchi
chetka yoki Yetaklovchi g‘ildirakka kirib
ketishining oldini oling.
• Bolalarga Jet Bot ustiga oʻtirishlariga yoki
Jet Bot ustiga buyumlar qoʻyishlariga
ruxsat bermang.
• Kirish joyiga joylangan ichki boʻsagʻadan
3 santimetr masofa qoldiring. Aks holda
avtomatik changyutgich uning ustiga chiqib
ketishi va tashqariga yurib ketishi mumkin.
Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish
OGOHLANTIRISH
Tok shnuri shikastlangan bo‘lsa, uni malakali
usta tomonidan almashtirish maqsadida
texnik xizmat markaziga murojaat qiling.
- Yong‘in chiqishi yoki tok urishi mumkin.
Xavfsizlik ma’lumoti

Содержание

Похожие устройства

Скачать