Samsung VR30T80313W/EV [68/72] Nosozlikni bartaraf etish

Samsung VR30T80313W/EV [68/72] Nosozlikni bartaraf etish
O‘zbek
O‘zbek14
Nosozlikni bartaraf etish
Alomati Tekshirish ro‘yxati
Jet Bot umuman
ishlamayapti.
Quvvat tugmasidan yoqilganligini tekshiring.
Holat indikatori yoqilganligini tekshiring.
Jet Bot akkumulyatori zaryadini tekshiring.
- Jet Bot Holat indikatori qizil rangga kirsa, Jet Botni quvvatlash
uchun qoʻlda Taglikka joylashtiring.
Akkumulyator quvvati toʻliq tugagani uchun Jet Botni qoʻlda
quvvatlaganingizda, Jet Bot tugmalari ishlamaydi. Quvvatlash
qisman yakuniga yetganida (taxminan 10-20 daqiqadan soʻng), Holat
indikatori yonadi va tugmalar yana ishlashni boshlaydi.
Jet Bot tozalash
jarayonida to‘xtadi.
Jet Bot Holat indikatori qizil rangga kirsa, Jet Botni quvvatlash uchun
qoʻlda Taglikka joylashtiring.
Jet Bot shnur, toʻsiqlar, ostona, koʻtarilgan nuqta kabi to‘siqlarga
tiqilib qolganda uni ko‘tarib, nariroqqa olib qo‘ying.
- Tortuvchi g‘ildirakka mato yoki ip o‘ralib qolsa, quvvat tugmasini
o‘chiring va jismni olib tashlang.
Borib boʻlmas hududlar oʻrnatilganini tekshiring.
So‘rish quvvati past.
Chang qopchasida chang haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, so‘rish quvvati
kuchsizlanishi mumkin. Quvvat tugmasidan o‘chirib, changqutini
bo‘shating.
Agar Jet Bot tagidagi choʻtkaga yot jismlar tiqilib qolgan bo‘lsa,
quvvat tugmasini o‘chiring va yot jismni olib tashlang.
Shovqin to‘satdan kuchaysa, quvvat tugmasidan o‘chirib, Changqutini
bo‘shating.
Jet BotTaglikni topa
olmayapti.
Elektr ta’minotida uzilish bo‘lganligi yoki elektr shnurining
rozetkadan chiqarilmaganini tekshiring.
Jet Bot Taglikka qaytishiga to‘sqinlik qilayotgan buyumlarni olib
tashlang.
Quvvat olish terminalida yot jism bor bo‘lsa, zaryadlashga ta’sir
qilishi mumkin. Yot jismni terminaldan olib tashlang.
Jet Bot Chegara
belgilarini aniqlay
olmaydi va chegaradan
oʻtib ketadi.
Chegara belgilari (
) shaklida oʻrnatilganiga Jet Bot oʻtib ketishi
kerak boʻlmagan joylardan 15 sm berida ekaniga ishonch hosil qiling.

Содержание

Похожие устройства

Скачать