Samsung VS20T7536T5/EV [122/128] Qaydlar va ehtiyot choralari

Samsung VS20T7536T5/EV [122/128] Qaydlar va ehtiyot choralari
ILOVA
Batareyani ishlatish
QAYD
Agar batareyani zaryadlagandan so‘ng changyutgich ishlamasa, batareyani
yangilang. Yangi batareya bilan ham ishlamasa, Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
Samsung xizmat markazida batareya xarid qilsangiz, undagi asl Samsung
logotipini (
) va batareya nomini tekshiring (VS20T75**** seriyasi:
VCA-SBT90 / VS15T70**** seriyasi: VCA-SBT90E).
DIQQAT
Batareya yoki devorga o‘rnatish kronshteyni ichini ochmang.
Batareyani isitmang yoki olovga tashlamang.
Batareya faqat shu qurilma uchun chiqarilgani sababli, uni boshqa elektron
jihozlar bilan yoki boshqa maqsadda ishlatmang.
Jihoz ishlab turganida batareya chiqarib olinsa, jihoz noto‘g‘ri ishlashi
mumkin.
Changyutgich motori ishlab turganida batareya chiqarib olinsa, xavfsizlik
maqsadida, batareya joyiga qo‘yilganidan so‘ng 30 soniya davomida
ishlamay turishi mumkin.
Batareya ko‘p ishlatilsa, uni zaryadlash vaqti va ishlatish vaqti qisqarishi
mumkin. Batareyani zaryadlash mumkin bo‘lmasa yoki zaryadi tez tugay
boshlasa, eskirgan batareyani yangisiga almashtiring.
Faqat ishlab chiqaruvchi taqdim etgan devorga o‘rnatish kronshteyni va
batareyalaridan foydalaning.
Batareyani solishdan oldin u to‘g‘ri yo‘nalishda solinayotganiga amin bo‘ling.
Ishdan chiqqan batareyani chiqitga chiqarish uchun uni qayta ishlash uchun
batareyalar yig‘iladigan qutiga tashlang.
Agar changyutkichni uzoq vaqt ishlatmaydigan bo‘lsangiz, undan batareyani
chiqarib oling.
Qaydlar va ehtiyot choralari
ILOVA
O‘zbek
26
4_VS7000_UZ_00837A-01_CIS.indd 26 2020-01-17 오전 6:18:44

Содержание

Похожие устройства

Скачать