Samsung VS20T7536T5/EV [123/128] Ishlashi

Samsung VS20T7536T5/EV [123/128] Ishlashi
ILOVA
Batareyani changyutkichga biriktirish paytida tovush chiqmaguncha
joylashtiring. Bu batareya mahkam joylanganini bildiradi.
Aks holda batareya tushib ketib, jihozni shikastlashi yoki tan jarohati
yetkazishi mumkin.
Batareyani tushirib olmang yoki urmang yoki bo‘lmasa keskin zarb bilan urib
olmang.
Batareyani qismlarga ajratmang, uning plyus (+) va minus (-) tomonlarini
qisqa tutashtirmang.
Haddan tashqari ko‘p ishlatilsa yoki harorat baland bo‘lgan muhitda
batareyadan suyuqlik chiqishi mumkin. Suyuqlik teriga tushsa, shu joyini
tezda suv bilan yuvib tashlang. Suyuqlik ko‘zingizga tushsa, darhol toza
suv bilan kamida 10 daqiqa davomida yuvib tashlang. Shifokorga murojaat
qiling.
Motor va batareyani himoyalash maqsadida changyutgich 5°C dan past yoki
45°C dan baland haroratda ishlamasligi mumkin.
Ishlashi
QAYD
Cho‘tkaga ortiqcha kuch ishlatilsa yoki aylanuvchi cho‘tkaga (barabanga)
yot jism tushsa, motorni yoki changyutkichni himoyalash uchun cho‘tka
ishlamasligi mumkin. Changyutkichni o‘chiring, yot narsani olib tashlang va
undan keyin changyutkichni ishga tushiring. Changyutgich ishga tushirilmasa
uni o‘chiring va qayta ishga tushiring.
Uydagi namlik, harorat yoki pol materialiga qarab, statik elektr hosil bo‘lishi
mumkin. Agar bu takroran sodir bo‘lsa, Samsung xizmat markaziga murojaat
qiling.
Batareyani to‘liq zaryadlang:
Yangi sotib olingan batareyani ilk marta ishlatishdan oldin yoki batareyani
uzoq vaqti ishlatmagan bo‘lsangiz.
Batareya quvvati indikatori eng pastiga tushsa va o‘chib-yonsa.
O‘zbek
27
4_VS7000_UZ_00837A-01_CIS.indd 27 2020-01-17 오전 6:18:45

Содержание

Похожие устройства

Скачать