Karcher WV 6 Plus *EU [105/112] Texnika xavfsizligi bo yicha ko rsatmalar

Karcher WV 6 Plus *EU [105/112] Texnika xavfsizligi bo yicha ko rsatmalar
O ʻ zbek tili 105
Texnika xavfsizligi bo‘yicha
ko‘rsatmalar
Qurilmadan ilk marta
foydalanishdan avval
texnika xavfsizligi bo‘yicha
ushbu ko‘rsatmalarni va
foydalanish bo‘yicha asl
qo‘llanmani o‘qib chiqing.
Ularga ko‘ra harakat qiling. Har
ikkala hujjatni keyinchalik
foydalanish yoki qurilmaning
keyingi egalari uchun saqlab
qo‘ying.
Foydalanishga kiritishdan
avval qurilmadan foydalanish
bo‘yicha grafik qo‘llanma va
texnika xavfsizligi bo‘yicha
ko‘rsatmalarga amal qiling.
Foydalanish bo‘yicha
qo‘llanmadagi ko‘rsatmalar
bilan bir qatorda texnik
xavfsizligi bo‘yicha hamda
qonunchilikda o‘rnatilgan
baxtsiz hodisalarning oldini
olish bo‘yicha umumiy
qoidalarga ham amal qilish
lozim.
Qadoqlash plyonkasini
bolalardan uzoqda saqlang,
chunki u bo‘g‘ilish xavfini
tug‘dirishi mumkin.
Xavf darajalari
XAVFLI
● Jiddiy shikastlanish yoki
o‘limga olib kelishi mumkin
bo‘lgan muqarrar xavflarga
e‘tibor qarating.
OGOHLANTIRISH
● Jiddiy shikastlanish yoki
o‘limga olib keladigan
ehtimoliy xavfli vaziyatlarga
e’tibor qarating.
EHTIYOT BO'LING
● Yengil shikastlanishga olib
keladigan ehtimoliy xavfli
vaziyatlarga e’tibor qarating.
DIQQAT
● Moddiy zararga olib keladigan
ehtimoliy xavfli vaziyatlarga
e’tibor qarating.
Umumiy ko‘rsatmalar
OGOHLANTIRISH
● Jismoniy, sezish yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki
tajribasi yoki bilimi yetarli
bo‘lmagan shaxslarga faqat ular
tajribali foydalanuvchi nazorati
ostida bo‘lganlarida yoki ularga
ularning xavfsizligiga javobgar
shaxs tomonidan qurilma bilan
xavfsiz ishlash bo‘yicha
ko‘rsatmalar berilgan va ular
buning natijasida yuzaga
keluvchi xatarlarni anglab
yetadigan hollardagina
qurilmadan foydalanishga
ruxsat beriladi. ● Bolalarning
uskuna bilan o‘ynamasliklariga
amin bo‘lish uchun ularni
nazorat qiling. ● 8 yoshdan
kichik bolalarga faqat ularga
ularning xavfsizligiga javobgar
shaxs tomonidan qo‘llash
bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan
yoki ular tajribali foydalanuvchi

Содержание

Похожие устройства

Скачать