Artel Angled G160 Black Glass [4/42] O zbekcha

Artel Angled G160 Black Glass [4/42] O zbekcha
HURMATLI XARIDORLAR!
“ARTEL” kompaniyasi mutaxassislari mahsulotni takomillashtirish, uning tavsiflarini, dizayn va
xavfsizligini yaxshilash ustida tinimsiz ishlaydilar, shu tufayli mazkur qo’llanmadagi rasmlar va belgilar Siz
xarid qilgan modeldan biroz farq qilishi mumkin. “ARTEL” kompaniyasi oldindan xabardor qilmasdan
organishlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Sizga xarid uchun minnatdorlik bildiramiz va Siz mahsulotimizning sifatiga va mustahkamliligiga ishonch
hosil qilasz degan umiddamiz.
Mazkur qo’llanmani diqqat-e’tibor bilan o’qib chiqing. U ushbu havo tortish qurilmasidan to’g’ri va
xafsiz foydalanishni o’rganishda Sizga yordam beradi.
Mazkur qo’llanmani havo tortish qurilmasidan butun foydalanish davri mobaynida saqlab qo’ying.
BU MUHIM!
Ishlab chiqaruvchi havo tortish qurilmasi noto’g’ri o’rnatilganligi oqibatida yetkazilgan uchun
javobgar bo’lmaydi.
Havo tortish qurilmasini o’rnatish va foydalanish oldidan mazkur qo’llanmani o’qib chiqing.
Mazkur qo’llanmani kelgusida undan foydalanish uchun qulay va ishonchli joyda saqlab qo’ying.
Havo tortish qurilmasini o’rnatish va tamirlash bo’yicha ishlar faqat malakali va tegishli malumotga ega
xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Mazkur havo tortish qurilmasi 220 V kuchlanishiga ega o’zgaruvchan tok (50 Gts) tarmog’iga lanish
orqali ishlaydi. Bug’larni tortish uchun gaz yoki boshqa turdagi yonilg’ilardan ishlaydigan uskunalardan
onish mahsulotlarni chiqarib tashlash maqsadida ishlatiladigan mo’rilardan foydalanish qat’iy
aqiqlangan, bu mo’rida teskari tortishga va yonish mahsulotlaridan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Agar havo tortish qurilmasi noelektr uskunalar (masalan, gazda ishlaydigan uskunalar) bilan
irgalikda ishlatilsa, yonuvchi gazning teskari tortilishi oldini olish uchun xona havosi yetarli darajada
lmashtirib turilishi kerak. Oshxonada toza havo kelishini ta’minlash uchun bevosita ochiq havoga
hiqadigan tirqish bo’lishi kerak.
Havo tortish qurilmasidan gaz plitasigacha minimal masofa 750 mm, elektr plitagacha-650mm.ni
tashkil qilishi kerak. Agar gaz plitasini o’rnatish bo’yicha qo’llanmada ko’proq masofa qayd etilgan bo’lsa,
aynan unga rioya qilinishi kerak.
IZOHLAR:
Havo tortish qurilmasining anchagina og'irligi hisobga olingan holda, uni o'rnatish yoki joyini
o'zgartirish uchun ikki yoki undan ortiq kishi talab qilinadi. Ushbu talabning bajarilmasligi jismoniy
jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Havo tortish qurilmasi faqat uy sharoitida bug'lar va hidlarni bartaraf qilish maqsadida oshxonada
foydalanish uchun mo'ljallangan.
Havo tortish qurilmasidan belgilangan vazifasidan tashqari foydalanmang. Ishlab turgan havo
tortish qurilmasi ostida kuchli olovni qoldirib ketmang.
Olov jadalligini faqat oshxona idishi tubiga yo'naltirilgan va uning chekkalariga chiqmaydigan
tarzda rostlab qo'ying.
Foydalanish vaqtida yog' qizdiriladigan idish doim nazorat qilib turilishi kerak: qizitilgan
yog' yonib ketishi mumkin.
XIZMAT KO'RSATISH
Havo tortish qurilmasiga tegishlicha xizmat ko'rsatilishi uning to'g'ri ishlashini ta'minlaydi.
Texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha har qanday ishlarni amalga oshirishdan oldin havo tortish
qurilmasini elektr tarmoqdan uzib qo'ying.
Zarur hollarda (tortish, filtrlash tavsiflari yomonlashganda) alyumin filtrlar-yog' tutgichlar va ko'mir
iltrlarini tozalang va almashtiring.
Havo tortish qurilmasini nam gazlama va neytral yuvish vositasidan foydalanib tozalang.
O’ZBEKCHA
2

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения